Xolmurod Xoliqov (ism-familiyalar özgartirilgan) Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi bölişni niyat qildi. Tanişi, şu institutning 1-bosqiç talabasi Komiljon Jörayev bir kuni unga antiqa taklif aytib qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Nima emiş, uç ming “kök”idan bersa, zör joylarda işlaydigan tanişlari orqali institutning kimyo-texnologiya fakultetiga byudjyet asosida öqişga kiritib qöyar emiş.
Abituriyent va “hojatbaror” talaba Qarşi şahridagi savdo dökonlaridan birining yonida uçraşişdi. Xolmurod kelişilgan pulning yarmini olib kelganini aytdi. Komiljon pulni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ vakillari tomonidan qölga olindi.
Talaba tadbir davomida öz qilmişidan puşaymon bölib, pulni tanişi O.Yölçiyevga berişi kerakligini, u Xolmurodni 3000 AQŞ dollari evaziga öqişga kiritişga va'da berganini aytdi.
X.Xoliqovning arizasi bilan boşlangan tezkor tadbir yana davom ettirildi. O.Yölçiyev xizmat maşinasida K.Jörayevdan 1500 AQŞ dollarini olgan vaqtda uşlandi.
Sud hukmi bilan ikki “hojatbaror” qilmişlariga yaraşa jazoga tortildi.











