AQŞning San-Frantsisko şahri aeroportida beşta yölovçi samolyotining töqnaşuvi oldi olindi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.
Xabarga köra, Kanadaning Toronto şahridan parvoz qilgan Air Canada kompaniyasi samolyoti qöniş çoğida xato tufayli uçiş-qöniş yölagiga emas, balki törtta layner bölgan buriliş yölagiga qarab yöl olgan.
Dispetçerlarning körsatmalari sabab aviahalokatning oldi olindi, deya ta'kidlaydi telekanal. Air Canada ekipajiga yana balandlikka çiqiş buyruği berilgan, layner ikkinçi aylanaga qarab ketgan, şundan söng kerakli joyga qöndi.
«Agarda bu haqiqat bölsa, hodisa tarixdagi eng yirik aviahalokatga aylanişi mumkin edi», - deya ma'lum qildi United Airlines sobiq uçuvçisi Ross Aymer.
Ayni damda aeroport xodimlari va aviakompaniya vakillari hodisani tekşiruvdan ötkazmoqda.












