Farğona tumani IIB navbatçilik qismiga 2017 yil 9 iyul kuni soat 15-30larda kelib tuşgan xabarga köra, Farğona tumanida yaşovçi Nodirbek (ismi özgartirilgan) dala maydonida otasi yoniga kelgan tanişi M.Bötaboyevga heç bir sababsiz “Hamzani öldir”, degan sözlarni işlatib, yonida bölgan oşxona piçoği bilan bir marotaba oldi kökrak sohasiga va bir marotaba orqa bel umurtqa sohasiga urib tan jarohati yetkizgan. M.Bötaboyev olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Farğona tumani IIB Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.Hotamovga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Marğilon şahar IIB xodimlarining qidiruv tadbiri davomida Tergov bölimi  tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi, 180-modda 1-qismi , 184-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismida körsatilgan oğir jinoyatlar bilan ayblanib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan holda qidiruv e'lon qilingan Marğilon şahrida yaşovçi M.Holmatov uşlangan.