Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati respublika hududida foş etilgan transport vositalari bilan boğliq jinoyatlar haqida ma'lumot berdi.

Xususan, 2016 yil 10 dekabr kuni soat 20:00 dan 11 dekabr kuni soat 08:30 gaça bölgan vaqt oraliğida, noma'lum şaxs tomonidan Samarqand şahar, Penjikent köçasi 39-uy oldida qarovsiz qoldirilgan, şu manzilda yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan Ş.S.ga tegişli «NeKSIYa» rusumli avtomobili olib qoçilgan. Olib borilgan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida avtomobil Samarqand şahar, Xondamir köçasidan texnik soz holda topilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Samarqand şahrida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan N.B. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 3 iyul kuni uşlangan.

2017 yil 6 iyul kuni soat 23:30 dan 7 iyul kuni soat 08:30 gaça bölgan vaqt oraliğida Farğona viloyati, Farğona tumani, Kaptarxona q.f.y., A.Navoiy köçasida qarovsiz qoldirilgan şu köçada yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan R.Z.ga tegişli «DAMAS» rusumli avtomobili noma'lum şaxs tomonidan olib qoçilgan. Olib borilgan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida avtomobil Farğona şahar, A.Qodiriy köçasidan texnik soz holda topilgan hamda uşbu jinoyatni Farğona tumani, Avval q.f.y.da yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan E.D. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 7 iyul kuni uşlangan.

2017 yil 7 iyul kuni soat 01:00 larda, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani hududida, noma'lum haydovçi, noma'lum «NeKSIYa» rusumli avtomobilini boşqarayotib, yölning öng tomonida ketayotgan piyoda Denov tumanida yaşagan, 1993 yilda tuğilgan J.X.ni urib yuborib, yöl-transport hodisasi joyidan yaşiringan. Natijada piyoda J.X. tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan. Olib borilgan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida uşbu yöl-transport hodisasini Şörçi tumanida yaşovçi, 1971 yilda tuğilgan M.Ş. öziga biriktirilgan «NeKSIYa» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, şu kuni uşlangan.

2017 yil 8 iyul kuni soat 16:45 larda, noma'lum şaxs tomonidan Surxondaryo viloyati, Şörçi tumani Mustaqillik köçasida joylaşgan «Afruz» oşxonasi qarşisida qarovsiz qoldirilgan, Şörçi tumanida yaşovçi, 1969 yilda tuğilgan X.A. işonç qoğozi bilan boşqarib yurgan, Toşkent şahar, Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1970 yilda tuğilgan Ç.M.ga tegişli «LASeTTI» rusumli avtomobili olib qoçilgan. Olib borilgan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida uşbu jinoyatni Şörçi tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan M.Ş. mast holda sodir etganligi aniqlanib, şu kuni uşlangan. Avtomobil M.Ş.ning uyi oldidan topilgan.

2017 yil 25 may kuni soat 07:50 larda tuşgan xabarga köra, noma'lum şaxs Jizzax viloyati, Döstlik şahar, A.Yassaviy köçasi 8-uy oldida qarovsiz qoldirilgan, şu uyda  yaşovçi, 1963 yilda tuğilgan S.I.ga tegişli «VAZ-21011» rusumli avtomobilini olib qoçgan. Avtomobil Arnasoy tumani Ğ.Ğulom mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan. Olib borilgan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida uşbu jinoyatni Döstlik tumanida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan T.A. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 8 iyul kuni uşlangan.