Pekin Twitter’ning Xitoydagi muqobili Sina Weibo mikrobloglar xizmatining ommaviy xabarlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi barça eslatmalarga kirişni tösib qöydi va şu tariqa Putinni jamoatçilik tanqididan himoya bilan ta’minladi, deb yozmoqda The Financial Times naşri.
"Senzura ötgan dam oliş kunlari, AQŞ prezidenti Donald Tramp Putin bilan Germaniyada G20 sammitida uçraşgandan keyin kiritilgan. U Xitoy-Rossiya munosabatlarining hozirgi oltin davrini ifodalaydi", deb yozmoqda maqola muallifi Şerri Fey Tszyuy.
Xitoy yetakçisi Si Tszinpin joriy oyda Moskvaga taşrif buyurib, Xitoy va Rossiya örtasidagi özaro munosabatlar tarixidagi "eng yaxşi" davr kelganini, ikki davlat özaro eng işonçli strategik hamkorlar ekanligini aytgandi.
Endi Weibo’da Putin haqida mingdan köproq folloverga ega bölgan blogerlar tomondan bildirilgan istalgan eslatmaga kirişda ekranga "Bu post izohlar qoldirişga ijozat bermaydi" degan yozuv çiqadi. Biroq "Katta yigirmatalik"ning boşqa yetakçilari va Tramp haqida eslatmalarga kirişga yöl qöyiladi.
Pekinlik jurnalist va tanqidçi Tsay Şenkunning aytişiça, Putin onlayn-tanqiddan bunday "imtiyozga" ega bölgan birinçi xorijiy yetakçi böldi. "Odamlar Putin haqida heç qanday yomon gap aytişa olmaydi, çunki Pekin uçun nozik masalalar böyiça onlayn munozara oçiş mumkin emas", deb aytmoqda Şenkun.












