«Real» Madrid futbol klubining joriy tarkibi, Zidanning murabbiylik xususiyatlari va klubning istiqboli haqida.

Asosiysidan boşlaymiz. «Real»ning naq 20 futbolçisi ötgan mavsum davomida maydonda 1000 daqiqadan köproq öynaşgan. 2500 daqiqaga yaqin töp surgan futbolçilar faqat Kriştianu Ronaldu va Toni Kroos. Çempionatda holdan toydiruvçi 3000 daqiqa davomida jamoada biror futbolçi maydonda öynamagan. Bu esa nafaqat ajoyib, şuningdek, misli körilmagan körsatkiç. Rotatsiya fanati Luis Enrike ham «Barselona» öz yetakçilaridan köproq foydalanişga majbur bölgan. Raqamlar ayniqsa qisqa asosiy tarkib işqibozlari Diyego Simeone va Antonio Kontening natijalari bilan soliştirilsa, yanada köproq taassurot qoldiradi. «Atletiko»da Koke, Felipe Luis va Antuan Grizmann 3000 daqiqadan köproq öynagan. «Çelsi»da Aspilikueta çempionatda 3500 daqiqa mobaynida töp surgan. Bu esa Ronaldu barça turnirlarda öynagan daqiqalarga teng.
Rotatsiya saboği (ehtiyot böling, zerikarli raqamlar)
Xöş, raqamlarga töla va zerikarli kiriş qismi edi, u tugadi. Baxtimizga u tugadi. U şuning uçun ham zarur ediki, bizga bir tezisni isbotlab bermoği lozim edi: Zayniddin Zidan — rotatsiya dahosi! Ta'kidlayman — bu Zidanning qanday murabbiy ekanligini uzil-kesil anglatuvçi xulosa emas. Gap faqat öyinçilar örtasida vaqtni qanday taqsimlab, jamoani jipslaştiriş haqida bormoqda. Luka Modriç va Karim Benzema Naçodan ham kamroq öynagan mavsumda jamoa qözğalon qilmasdan, bölinib ketmasdan, sönggi öyinning sönggi soniyasigaça birlikni saqlab qoldi. Yangi öyin qoidalari oldida Ronaldu ham boş egdi (endi uni öyinda almaştirsa böladi), Kazemiro ham mutlaqo almaştirib bölmas öyinçi unvonidan voz keçdi (uning çempionatda töliq öynagan öyinlari 20 tadan kam)... Juda köplab murabbiylar oğzidan yangraydigan, «jamoaga hamma kerak, hamma öyinda vaqtga ega böladi», kabi siyqasi çiqqan gap — Zidanga kelganda haqiqat ham ekanligi oydinlaşdi. Daho-da u!
Töğri, lekin u komfort şaroitlardagina daho. Masalan, Xames Rodriges va Alvaro Moratadek öyinçilar zaxira örindiğida ötirgan şaroitda. Maydonda Isko, yodda Beyl bilan.
«Real»ning kuçi zaxirada. Qiziği şundaki, sifatli öyinçlarning soni bir vaqtni özida Rafa Benitesni sindirgan yuk bölişi ham, Zidanni yuksaltiruvçi tramplin ham bölişi mumkin ekan. Frantsuz 19–20 kişidan iborat guruh bilan özini komfort his qilişini körsatib berdi. Uning boşqaruvidagi «Real»ning boşlanğiç 11talik tarkibi mavsumning har bir bölagida sanab aytib beriş oson edi. Jami mavsum böyiça öşa «boşlanğiç 11talik» şunçakimas, u şuvaşib ketgan.














