O‘zbekiston “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirishni boshlamoqda

O‘zbekiston “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish” investitsion loyihasini yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar harakatini tashkil etish bilan amalga oshirishni boshlamoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 10 iyul kuni ushbu investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, loyiha 2017-2018 yillarda amalga oshiriladi.
Investitsion loyihaning taxminiy qiymati 58,87 mln dollarni tashkil etadi, deyiladi qarorda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ushbu loyihani amalga oshirish uchun o‘zining 18,58 mln dollarlik mablag‘larini yo‘naltiradi. «O‘zbekenergo» AJ esa 7,31 mln dollarlik sarmoya kiritadi.
Taxminan 14,06 mln dollar markazlashtirilgan sarmoyalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga 18,92 mln dollarlik kredit taqdim etadi.
Investitsion loyiha doirasidagi tashqi elektr ta'minoti obektlarini loyihalashtirish va qurish «O‘zbekenergo» AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston rahbari investitsion loyiha ishtirokchilariga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
-
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Jahon | 15:04
-
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 15:01
-
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi
Iqtisodiyot | 14:57
Mavzuga oid

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

17:53 / 17.04.2025
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi

13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

18:13 / 31.03.2025