Özbekiston poytaxti Toşkent şahriga Jan Klod van Damm, Fyodor Yemelyanenko va Jyeff Monson, şuningdek, Dj Armin van Byuren taşrif buyurişi haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi. Darakchi.uz sayti turnir taşkiliy qömita raisi Aziz Jöraboyevdan intervyu olgan.

Ötgan haftada Özbekistondagi qator naşrlarda, jumladan, «Kun.uz» saytida 9 sentabr kuni «Bunyodkor» stadionida ASIAN FIGHT - 2017 nomini olgan sport keçasi ötişi rejalaştirilgani, unda yuqorida nomi zikr etilgan mehmonlar iştirok etişi haqida xabar tarqatgandi.

«ASIAN FIGHT - 2017 xalqaro sport turniri Özbekiston Pençak Silat federatsiyasining 2017 yil uçun tasdiqlangan yillik taqvimiga kiritilgan edi. Ya'ni bu ötgan yilning oxiridayoq rejalaştirilgan. May oyining sönggida turnir nizomi tegişli tartibda Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasiga tasdiq uçun kiritildi va iyun oyining boşida tasdiqlandi.

Ammo «Bunyodkor» stadionida bunday keng miqyosda ötkaziladigan ommaviy tadbirni taşkil etiş böyiça tegişli tartib-qoidalar mavjud. Sir emaski, mazkur tadbir Özbekiston nufuzini dunyo miqyosida yanada oşirişga, yetişib kelayotgan yoş avlodda soğlom turmuş tarzi, xususan sportga muhabbatni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Barça işlarning amaldagi qonunçilik va me'yoriy hujjatlar doirasida bölişidan birinçi navbatda özimiz manfaatdormiz. Şu maqsadda zaruriy hujjatlar töplami Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Rasmiylaştiriş işlari tezroq yakuniga yetişi uçun astoydil harakat qilyapmiz», degan u.

Qömita raisi şouga taklif etilgan mehmonlar böyiça savolga ham javob qaytargan.

«Jan Klod Van Damm, Jyef Monsonning iştirokini tasdiqlovçi hujjatlar qölimizda turibdi. Bu borada gap-söz bölişi mumkin emas. Fyodor Yemelyanenkoning oğzaki tasdiği olingan. Endi rasmiy xatini kutyapmiz. Faqatgina DJ Armin Van Byuren bilan vaqtlarimiz töğri kelmadi. Şu sababli uning kelmasligi aniq bölib ulgurdi. Lekin musiqa şaydolari taşvişlanmasa ham böladi. Ular kutgandan ham ajoyib syurprizlarimiz bor, uni keyinroq e'lon qilamiz», degan u.

Xalqaro turnir taşkilotçilari – Özbekiston Pençak Silat federatsiyasi va Sunrise Entertainment MÇJ hisoblanadi.

Rejaga köra, «Bunyodkor» stadioni örtasida ring quriladi. Maysaga zarar yetkazmaslik uçun maxsus materialdan yasalgan qoplama xorijga buyurtma qilingan. Ring jahon talablari darajasida, yetarliça yoruğlik berilgan holda, stadionning istalgan qismidan körinadigan tarzda örnatiladi. Xalqaro turnirda miks-silat professional yönalişi böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zolari xorijlik raqiblari bilan kuç sinaşadi.