Hyperloop One kompaniyasi yangi turdagi transport vositasi (kapsula)ni namoyiş etib, uning muvaffaqiyatli sinovini ötkazdi. Bu haqda "Summa" guruhi axborot bayonnomasida söz yuritilgan. "Summa" guruhi xöjayini Ziyovuddin Muhammadov kompaniya direktorlar kengaşi a'zosi hisoblanadi.
Hyperloop One yangi universal kapsulaning yangi ilk namunasini namoyiş qilgan. U vakuum quvur içidagi aravaçada harakatlanadi. Kapsula alyuminiy va polimer kompozit materiallardan yasalgan. Uning uzunligi — 28 fut (8,5 metr)dir.
Nevada ştati sahrosidagi DevLoop sinov maydonida bölib ötgan test jarayonida maxsus aravaçaga örnatilgan kapsula 5,3 soniya vakuum quvur içidagi yölda faqat elektromagnit nurlaniş vositasida harakatlangan.

Nevada ştati sahrosidagi DevLoop sinov maydoni
Aravaça 2G tezlikka erişib, soatiga 112,6 kmgaça tezlaşgan. Direktorlar kengaşi raisi va Hyperloop One asosçilaridan biri Şervin Pişevarning sözlariga köra, bu Hyperloop texnologiyasining birinçi keng qamrovli sinovidir. Xabarda aytilişça, sinovlarning ikkinçi bosqiçida aravaça soatiga 402 km tezlikka erişişi kerak. Unda, kapsula ölçami ham haqiqiysiga tenglaştiriladi.
Ma'lumki, Hyperloop ğoyasini 2012 yilda muhandis, tadbirkor, sarmoyador Ilon Mask ilgari surgan edi. Hyperloop One kompaniyasidan taşqari Hyperloop Transportation Technologies ham şu sohada izlanişlar olib bormoqda.












