Amerikalik olimlar sönggi ön yilliklarda barça umurtqali jonivorlar populyatsiyasining 30 foizdan köproği qisqarganini aniqlaşdi. Bu haqidagi ilmiy iş Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e'lon qilingan, u haqda Stenford universiteti sayti qisqaça ma'lumot bergan. 

Foto: perec.info

Yirik panda yöqolayotgan turlar ramziga aylangan. Insonlarning sa'y-harakati bilan 2016 yilda u qiriliş arafasida turgan jonivorlar röyxatidan çiqarib taşlangan. 

Ommaviy qiriliş — turlarning qiriliş tezligi odatdagisidan tezroq röy berayotgan holatni anglatadi. Yer kurrasi bunday falokatlarni 5 marta boşidan keçirgan. Oltinçi qiriliş 66 million yil muqaddam dinozavrlarning yöq bölişi bilan boşlangan. Ba'zi olimlar u hamon davom etayapti, degan fikrda.

Hozir yiliga örtaça 2ta umurtqali jonivor izsiz yöqolmoqda. Köpinça bu bilinmas tarzda yuz beradi, çunki ekologik tizimga u qadar tahdidli bölmaydi. Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining ma'lumotlariga köra, bugungi kunga kelib barça amfibiyalarning 41 foizi, sut emizuvçilarning 26 foizi qirilib ketgan.

Özlarining yangi işida tadqiqotçilar 27.600dan oşiq quşlar, amfibiyalar, sut emizuvçilar va sudralib yuruvçilarning yaşaş makonlarini tahlil qilişgan — bu esa fanga ma'lum umurtqalilarning teng yarmi degani. Şuningdek, ular 1990 yildan 2015 yilgaça yaxşi örganilgan 117ta sut emizuvçi turning populyatsiyasi neçoğlik qisqarganini ham örganib çiqişgan.

Olimlar ayni paytda umurtqalilarning 30 foizining soni va yaşaş makoni qisqarmoqda, degan xulosaga kelişgan. Bunday jonivorlarning aksariyat qismi tropik mintaqalarda yaşaşi, mö'tadil iqlimli mintaqalarda esa ularning soni kamroq ekanligi oydinlaşdi. Janubiy va Janubiy-şarqiy Osiyodagi sut emizuvçilarga ayniqsa qiyin — bu yerda öz yaşaş makonlarining 80 foizini yöqotgan barça turdagi yirik jonivorlar istqomat qiladi.