12 iyul kuni senatorlar, deputatlar hamda siyosiy partiyalar vakillari bilan ötkazilgan videoselektor yiğilişida Şavkat Mirziyoyev mamlakatdagi partiyalar faoliyatiga tanqidiy baho berdi.
Prezident «Adolat» partiyasi vakillari öziga aloqador sohalarda kutilgan işlarni amalga oşirmayotganini keltirib ötgan.
«Ma'lumki, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ijtimoiy adolat, ilm-fan, ta'lim-tarbiya va soğliqni saqlaş sohasida aholi manfaatlarini himoya qiliş şiori ostida faoliyat olib boradi.
Lekin partiya uşbu sohalarda, xususan, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini yoki aholiga tibbiy xizmat körsatiş va uni dori-darmon vositalari bilan ta'minlaşni yaxşilaş böyiça aniq taşabbuslarni nima uçun öz vaqtida ilgari surmagani açinarli holdir.
Hozirgi vaqtda yurtimizda ilm-fan, ta'lim-tarbiya sohalari, jumladan, Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça özgarişlar amalga oşirilmoqda.
Lekin «Adolat» partiyasi vakillari, ularning deputatlari, misol uçun, yoş olimlar bilan biron marta uçraşib, ularning dardini eşitib, muammolarini yeçiş böyiça qanday amaliy takliflar berdi? Ming afsuski, yöq bunday taklif.
Mana, bugungi kunda Kadrlar tayyorlaş milliy dasturini takomillaştiriş yuzasidan joylarda turli-tuman fikrlar, takliflar bildirilyapti. Lekin nima uçun partiya bu masalalar böyiça öz fikri, öz munosabatini bayon etmayapti?
Soğliqni saqlaş, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini ta'minlaş, oilalarda, mahallalarda soğlom muhitni mustahkamlaş böyiça keyingi paytda qança muhim tadbirlar ötkazilmoqda, bu borada mutlaqo yangi tizim barpo etilmoqda. Sizlar ana şu masalalar böyiça birorta fikr bildirdingizmi?
Yaqinda matbuotda Özbekiston sudyalar hamjamiyatining murojaati e'lon qilindi.
Xöş, «Adolat» partiyasining bu masalaga munosabati qanday – saylovçilaringiz, tarafdorlaringiz sizlardan bu savollarga javob kutişga haqli», degan prezident.












