Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 12 iyul kuni senatorlar, deputatlar hamda siyosiy partiyalar vakillari bilan uçraşdi. Bu haqda «Özbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida xabar qilindi.
Öz çiqişida davlat rahbari qayd etdiki, zamon siyosiy partiyalarning vakillari, deputat va senatorlardan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning nafaqat iştirokçisi, balki taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişni, boşqalarga namuna körsatişni talab etmoqda.
Oliy Majlisning qöşma majlisida erişilgan yutuqlar e'tirof etilgan holda, hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va ekologik harakatning ötgan davrdagi faoliyati oçiq muloqot şaklida tanqidiy ruhda tahlil qilindi, islohotlarni çuqurlaştiriş yölidagi muhim vazifalar belgilab berildi.
«Demokratiya parlamentdan boşlanadi. Parlament demokratiya maktabidir, — deya prezidentning sözlarini keltirgan «Axborot» dasturi. — Şunday ekan, milliy parlamentni haqiqiy demokratiya maktabiga aylantirişimiz kerak. Bu örinda siz, hurmatli deputatlar va senatorlar boşqalarga ibrat bölişingiz zarur. Çinakam bahs, munozara, prinsipial tortişuv avvalo şu yerda, parlament minbarida bölişi kerak. Şundagina har bir siyosiy partiya, parlamentdagi har bir partiya fraksiyasining haqiqiy qiyofasi va pozitsiyasi aniq böladi... Agar biz siyosiy partiyalarning Qonunçilik palatasidagi faoliyatini kuçaytirmasak, qonun ijodkorligi va qabul qilingan qonunlar ijrosida kutilgan natija bölmaydi».
Şavkat Mirziyoyev bugungi kunda siyosiy partiyalar öz elektoratiga bergan va'dalarini, saylovoldi dasturlarini töla va samarali bajarmoqda, deb aytolmaymiz. Ular hanuzgaça mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, fuqarolar ongida özining mustahkam örnini egallay olmaganini qayd etib ötdi.
Qayd etildiki, ciyosiy partiyalar va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faoliyatida partiya fraksiyalari tomonidan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oşirişga qaratilgan aniq taklif va taşabbuslar deyarli sezilmayapti.
Davlat rahbari mamlakatdagi 4 partiya — Özbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklaniş» partiyasi, «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatidagi kamçiliklarni sanab ötdi.
Masalan, özini pensionerlar, kam ta'minlangan aholi qatlamlari manfaatlari himoyaçisi sifatida namoyon etuvçi XDP ularning turmuş darajasini oşiriş, ijtimoiy faolligini kuçaytiriş, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişdagi iştirokini qöllab-quvvatlaş borasida közga körinarli taşabbuslar bilan çiqmayapti.












