2017 yilning 8 iyul kuni taxminan soat 15:30larda Aslan Şirinbekov özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Çilonzor tumani hududida fuqaro Ravil Kravçukga (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, unga tegişli bölgan jami 1.715.000 sömlik mulkini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonçilik, ya'ni soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.












