Özbekiston Respublikasi prezidentining «Abduxoliq Ğijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqşband tavalludining 700 yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş töğrisida»gi farmoyişi e'lon qilindi.

Farmoyişga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça kömita, Özbekiston Fanlar akademiyasi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil sentabr-oktabr oylarida Abduxoliq Ğijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqşband tavalludining 700 yilligini keng miqyosda nişonlaş haqidagi takliflari ma'qullangan.

Tadbirlarga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlangan va unga bir oy muddatda Abduxoliq Ğijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqşband tavalludining 700 yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş böyiça tadbirlar rejasini işlab çiqib, tasdiqlaş vazifasi yuklatilgan.

Abduxoliq Ğijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqşband tavalludining 700 yilligini nişonlaşga bağişlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ötkaziladi, ularning hayoti va ijodiga oid naşrlar hamda ularning merosidan namunalar, jumladan, xorijiy tillarda çop etiladi;

Ziyoratgohlarini obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va ularning infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşiriladi.