Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylaşgan «Xöja Bahouddin Naqşband» ziyoratgohidagi qurigan daraxt olib taşlandi. «Xabar.uz» xabariga köra, tut daraxti qoldiqlari avval turgan joydan olinib, muzey ixtiyoriga topşirilgan.

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning joriy yil 7 may kunidagi «Daraxt va toş kabilarni muqaddas deb bilişning şirkligi töğrisida»gi fatvosiga asosan uşbu qurigan tut daraxti ziyoratgoh hududidan olinib, Bahovuddin Naqşband majmuasidagi muzeyga taqdim qilindi.

Azon.uz manbasi xabariga köra, ziyoratçilarning şirk amallar qilişlariga sababçi bölib qolayotgan uşbu eski daraxt 9 iyun kuni noma'lum şaxs tomonidan yoqib yuborilgan.

Ziyoratgoh majmuasi rahbari Abdulğofur domlaning ma'lum qilişiça, daraxt rostdan ham keça noma'lum şaxs tomonidan yoqib yuborilgan, lekin daraxtning qolgan qismi avval turgan joydan olinib, majmua qoşidagi muzey ixtiyoriga topşirilgan.

«...Parvardigoriga ibodat qilişda heç kimni (Unga) şerik qilmasin!». Ziyoratgohdagi şirk holatlari böyiça rasmiy munosabat