Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 mart kuni Buxoro viloyati Ğijduvon tumaniga taşrif buyurdi.

Abduxoliq Ğijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qur'on tilovat qilindi.

Davlat rahbari maqbarada amalga oşirilgan quriliş-ta'mirlaş işlarini közdan keçirdi. Bu yerga imom-xatiblarni jalb etib, ularga allomalarimiz ma'naviy merosini töğri va çuqur örgatiş, xalqimizga yetkaziş böyiça topşiriqlar berdi. 

- Kitobda öqiş boşqa, ziyorat qilib, yurakdan ötkazib örganiş boşqa. Bu joy ma'rifat markazi bölişi, odamlar öziga ilm olib ketişi kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ötgan yil 16 fevral kuni viloyatga taşrif çoğida prezident «Yetti pir» maqbaralarini obod qiliş, ularni boğlovçi turizm yönalişi taşkil etiş böyiça körsatmalar bergan edi.

Abduxoliq Ğijduvoniy mazkur yetti pirning birinçisi sanalib, Xojagon tariqati asosçisidir. Keyinçalik Orif Revgariy, Mahmud Fağnaviy, Ali Romitaniy, Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Amir Kulol bu ma'naviy yönalişni davom ettirib, Bahouddin Naqşband uni yuksak bosqiçga olib çiqqan. Şu bois bu tariqat Naqşbandiya nomi ostida tanilgan. Qöşni mamlakatlar, ğarbiy va janubiy Şarq davlatlari, hatto butun dunyoda bu aziz avliyolar qadamjolarini kelib köriş istagidagilar köp.

Şu yerda mazkur ziyoratgohlarda amalga oşirilgan va davom etayotgan ta'mirlaş, obodonlaştiriş işlari haqida ma'lumot berildi.

Davlat rahbari bu maskanlarni obod qiliş bilan birga «Yetti pir» haqida kitob yaratiş, ularning ilmiy merosini tarğib etiş zarurligini ta'kidladi.

- Bunday ma'naviy xazina boşqa heç qayerda yöq. Bu xazinani mukammal örganiş, odamlarga, yoşlarga oson tilda yetkaziş kerak. Maqsadimiz - yoşlarimiz özimizning allomalarga ergaşsin, merosini bilsin, ular bilan faxrlansin.

Mamlakatimizda ma'rifiy islomni rivojlantiriş, buyuk allomalar maqbaralarini obod qilişga qaratilayotgan e'tibor xalqaro miqyosda tan olinmoqda. Xususan, Islom hamkorlik taşkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti - ISESCO tomonidan Buxoro şahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilindi.