2017 yilning 19 iyun kuni taxminan soat 20:00larda noma'lum şaxs özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Çilonzor tumani xududida fuqaro Oksana Fedorovaga (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, unga tegişli bölgan bilak uzugi va "SONY" rusumli uyali telefonini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonçilik, ya'ni soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Bahrom Xolxöjayev sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda. 

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.