AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning fikriça, Qatar atrofidagi muammoni hal etiş uçun, mojarodagi barça tomonlarning muzokaralar stoliga ötirişi juda muhim. Bu haqda Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

"Hozirda tomonlar bir-biri bilan heç qanday darajada muloqot qilayotgani yöq. Biz ular muzokaralar stolida yuzma-yuz ötirişlari, bu muammolarni hal etiş böyiça muhokamalarni boşlaşlarini istaymiz", - deya ma'lum qilgan Tillerson Qatardan Vaşingtonga parvoz qilgan samolyot bortida.

"Bizga dunyoning bu qismi barqaror bölişi muhim, hamda uşbu mojaro... bunga kömak bermasligi aniq", - deya qöşimça qilib ötdi Tillerson.

Naşrning yozişiça, AQŞ davlat kotibi Amerika tomoni Qatarni qöllab-quvvatlaşini ma'lum qilgan. Biroq Vaşington röy bergan vaziyatdan çiqiş böyiça öz ğoyalarini ham berişi mumkin edi. Uning qöşimça qilişiça, davlatlar örtasida ba'zi muammolar ançadan beri bor, şuning uçun ularni hal etişga köproq vaqt talab etiladi. 

Avvalroq Tillerson Yaqin Şarq davlatlari böylab turneni amalga oşirdi. Seşanba kuni u Dohaga kelgan bölsa, çorşanbada Saudiya Arabistoniga taşrif buyurib, Qatarni boykot qilayotgan davlatlar yiğilişida qatnaşdi. Payşanba kuni esa u Qatarga qaytib kelib, amir bilan körişdi.