Al Quds şahrida uç noma'lum şaxs politsiyalar guruhiga qarata öt oçdi, natijada uç kişi jabrlandi, deb xabar bermoqda The Jerusalem Post.

Xabar qilinişiça, hodisa Eski şahardagi Şer darvozalari yonida röy bergan. U yer Al Qudsning devor bilan öralgan tarixiy markazi hisoblanadi.

Politsiyaçilar terrorçilarni zararsizlantirişga muvaffaq böldilar. Hodisa natijasida uç kişi jabrlandi, ulardan ikki nafari oğir ahvolda ekani aytilmoqda.