Ayni paytda Suriyada ikkinçi vaqtinçalik sulh haqidagi hujjat ustida iş olib borilmoqda. Bu haqda payşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Parijda fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan ötkazilgan matbuot anjumani çoğida ma'lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
«Biz Suriyaning yana bir muammoli qismida ikkinçi vaqtinçalik sulh ustida iş olib bormoqdamiz», — degan Amerika yetakçisi.
Öz navbatida Makron, Tramp bilan ötkazilgan uçraşuvlari natijasida Suriya va Iroq böyiça hamkorlikda iş olib borişda davom etişga kelişilganini aytib ötgan. «Ayniqsa, uruşdan söng yöl xaritasini yaratişda diplomatik taşabbuslarni birgalikda olib boriş uçun imkoniyatlarga ega böliş maqsad qilindi», — deya tuşuntiriş berdi u.
Ilgariroq Suriyaning Dar'o va Al-Qunaytra tumanlarida öt oçişni töxtatiş borasida kelişuvga erişilgan edi. Bu haqda Hamburgda ötgan «Katta yigirmalik» sammiti davomida Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatidan söng e'lon qilingan edi.
4 may kuni Suriyada öt oçişning töxtatilişini kafolatlovçi davlatlar — Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada törtta xavfsizlik hududlari taşkil etiş haqida memorandum imzolaşgan edi. Ular mamlakatning Idlib muhofazasi; Lataqiya, Halab va Hama hududlari; mamlakat şimolidagi Hums muhofazasi; Şarqiy Ğuta; Suriya janubida — Dar'o va Al-Qunaytra muhofazalarida amal qiladi. Bu hududlarda qurol işlatiş taqiqlanadi, bundan taşqari, u yerlarga insonparvarlik yordamlari jönatiladi.













