Mamlakatimizda inson, uning huquq va manfaatlarini ta'minlaş böyiça xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan qoida va me'yorlarni tan oliş, ularni milliy qonunçilikka joriy qiliş borasida ulkan işlar amalga oşirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar köplab xalqaro hujjatlarning ratifikatsiya qilingani bu sohada olib borilayotgan islohotlar kölamini yaqqol namoyon etadi. Mehnat sohasidagi xalqaro standartlar mehnatni tartibga soliş sohasidagi uzoq yillik tajribani, qölga kiritilgan yutuqlarni özida aks ettiruvçi norma va qoidalardir. Ular mehnatni qöllaş, xavfsiz va qulay şaroit yaratiş, mehnatni muhofaza qiliş, xodimlar hamda iş beruvçilar manfaatlarini himoya qiliş va boşqa köplab masalalarga taalluqlidir.

Xalqaro mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solişga doir huquqiy bazaning şakllanişi va rivojlanişida Xalqaro Mehnat Taşkiloti (XMT) yetakçi örin tutadi.

Joriy yilning 14 iyul kuni Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Öquv markazida hududiy Xotin-qizlar qömitasi raislari va xodimlari uçun “Xalqaro mehnat standartlari” mavzusida seminar-trening bölib ötdi. 

Xalqaro Mehnat Taşkiloti tomonidan taşkil qilingan mazkur treningda xalqaro mehnat standartlari milliy qonunçilik tizimiga implementatsiya qilinganligi, ayrim milliy normalarimiz konvensiyalarda belgilanganidan ham imtiyozliroq qoidalarni öz içiga olganligi alohida ta'kidlandi. Trening iştirokçilari tomonidan mehnat munosabatlarida mavjud muammolar va ularning yeçimiga qaratilgan takliflarni öz içiga olgan interfaol maşğulotlar bajarildi. 

Trening davomida bolalar mehnati hamda majburiy mehnatni oldini olişga qaratilgan huquqiy normativ hujjatlar haqida keng kölamli ma'lumotlar berildi. Şuningdek xotin-qizlarning ijtimoiy mehnat sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf qiliş böyiça kompleks yondoşuv hamda ijtimoiy şeriklikni yanada kuçaytirişga oid tadbirlar rejalaştirildi.