Keça işga kelayotganimda avtobusda ikki xonimning gurungi quloğimga çalindi.

Gap öğrilaş - ayb. Ammo ensangning tagida qizğin muhokama boşlansa, ilojing qança. Quloğingga paxta tiqolmaysan-ku. Buning ustiga, şu kunlarda paxta deganni topiş oson işmikin. “Nişolda”dan  umidvor kas borki, “oq oltin”ni çigitlab, tozalab, toylab, kutib turibdi. Imdotu imkon bölsa, bas: Taxtlariga qavat-qavat töşab, töyib-töyib yalasa... 

Obbo, ötlab ketdik. Mayli, qöyabering, öynasin. Avtobusdagi xonimlarga qaytaylik. Ularning yoşroği, çamasi, qayerdadir hisobçimi-yey, iqtisodçimi-yey bölib işlar ekan. Özga sayyoralikni körgandek hayratda. Emişki, birjaga olti oylik hisobotini topşirgani borsa, közlari qinidan çiqib ketişiga sal qolibdi. Ilgari önlab xonalarga tariqday soçilib, hind rojalariday qör tökib ötiradigan xodimlaru xodimalarning hammasi kattakon bir zalga tiqilmiş. Zalki, eşigu tuynugidin yöq nişon. Hamma yoq oyna. Sakkiz tomonda - töqsonta kamera. Boşliq - örtada. Qaşingani qörqarmiş. Mudom qöliga qaraydigan xodima bu gal hisobdor xonimdan heç narsa olmabdi: “Menga yaxşilik tilasangiz, endi sovğa-povğa kötarib kelmang!..”

“Axir quriq qöl bilan qanday kelaman? – deb yozğiribdi hisobdor.  – Şunça yildan beri... Örganib qolganmiz... Olaqoling. Iltimo-os!..”

“Yo‘-öq! – deb öşqiribdi inspektor. - Qamalib ketişni istamayman! Rahbarlarimiz: zamon özgardi. Oldi-berdini töxtatib turinglar. Qölga tuşsalaring, qutqarişimiz gumon, deb ogohlantirişdi...”

“Unda köçaga çiqaylik, - deb yalinibdi beçora ayol. - Közdan panaroq joyga... Maşinangizga solib qöya qolay...”

“Yöq, dedimmi, yöq!..”

- Xullas, manglayi qora olmadi, - dedi anduh bilan juvon.

-Nima olib borganding, özi? – deb söradi yoşi kattaroq ayol.

Suhbatdoşi ovozini pasaytirdi:

- Nima bölardi. Odatdagi nasibasi-da. Bitta konyak. Konfet. Yuz ming.
- Birortasiniyam olmadimi?
- Olmadi, - deb oğir xursindi motamsaro juvon. - Lekin hisobotimga tixirlik qilmay qöl qöydi. 
- Sovğani nima qilding? Senga opkegan odamga qaytarib berdingmi?
 - Yöq. Direktorimiz konyak bilan konfetni menga berib, pulni özlari oldilar.      
Juvon yana oğir uf tortdi: