"Tottenhem" himoyaçisi Kayl Uoker faoliyatini "Mançester Siti"da davom ettiradi. Bugun şaharliklar 27 yoşli futbolçini transferini rasman e'lon qildi. 

Uolker "Siti" bilan 5 yillik şartnoma imzoladi. Himoyaçi 2-raqam ostida maydonga tuşadi. 

"Mançester Siti" bilan şartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Yangi jamoada faoliyatimni boşlaşni intiq kutmoqdaman. Klub boş murabbiyi Xosep Gvardiola dunyodagi eng hurmatga loyiq murabbiylardan hisoblanadi. U mening yangi bosqiçga çiqişmda yordam berişini his qilmoqdaman", – dedi Uolker. 

Avvalroq transfer narxi 50 mln funt sterlingni taşkil qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

2016/17 yilgi mavsumda Uolker APLda 33ta öyinda maydonga tuşib, 5ta golga mualliflik qilgan.