Toşkent viloyatining Angren şahrida sodir etilgan talonçilik jinoyati Içki işlar organlari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida foş etilib, gumondorlar qölga olindi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar berdi.
Dastlabki tergov harakatlari davomida töplangan xujjatlarga köra, 1987 yilda tuğilgan B. A. muqaddam ham qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, bosqinçilik, talonçilik kabi oğir jinoyatlarni sodir etganligi bois, javobgarlikka tortilgan. Şunday bölsada, u bundan öziga töğri xulosa çiqarmadi.
Jumladan, u 2017 yil 25 iyun kuni soat taxminan 01:30 larda, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, akasi D. A. va tanişi A. S.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bölgani holda, guruh a'zosi A. S.ning körsatgan yönalişi böyiça Angren şahar Kökterak mahallasi Muso Jalil köçasi 25-uy oldiga akasi D. A. bilan borib, uşbu uyga devordan oşiş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, xonadon yotoqxonasi va mehmonxonasidan fuqaro L. I.ga tegişli bölgan narxi 1.500.000 sömlik «SAMSUNG» rusumli planşet, narxi 2.000.000 sömlik «IPONE-4» rusumli, narxi 3.000.000 sömlik «IPONE-5S» rusumli uyali aloqa telefonlari, narxi 700.000 sömlik tillo uzuk, narxi 700.000 sömlik bir juft tillo sirğalar xamda 80.000 söm naqd pullarini talonçilik bilan egallab, uy egasining uyğonib ketganligi sababli jinoyat joyidan qoçib ketişgan.
Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida ma'lum bölişiça, A. S. 2017 yil 24 iyun kuni ertalab, aka-ukalar B. va D. A.larning uyiga kelib, ularga puldan qiynalayotganligini aytib, suxbati davomida özi yaşaydigan Kökterak mahallasida yaşovçi bir şifokor borligi, u har kuni uyida bemorlarni qabul qilişi, puli köpligi, uyda faqat er-xotin yaşaşi, boşqa heç kim yaşamasligi, tunda ularni uyiga kirib pullarini öğirlab çiqiş mumkinligi, uy egalari tungi vaqt uxlaşi, buni sezmasligini aytib, bu işni birga amalga oşirişni taklif qilgan. Şeriklarini jinoyat sodir etişga qiziqtirib, ularga xonadonni körsatib, xonadonga qanday kiriş mumkinligi haqida aniq ma'lumotlar bergan.
Hozirgi vaqtda uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











