Telegram messenjeri yaratuvçisi Pavel Durov uşbu xizmatga Indoneziyada tösiq qöyilganiga izoh berdi. U Indoneziya aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan tarmoqda terrorizm tarğiboti bilan şuğullanayotgan kanallar röyxatini yuborgani, ammo bu kanallarni tösişning imkoni bölmaganini tan olgan.

«Biz indonez tili va madaniyatidan yaxşi xabardor mutaxassislardan iborat maxsus moderatorlar guruhini tuzamiz. Bu orqali terrorizm bilan boğliq sörovlarni aniqlaş imkoni ortadi», — degan Durov.

U bu borada Indoneziya hukumatiga sörov yöllangani haqida ma'lum qilgan.

14 iyul kuni Telegram messenjeri Indoneziya hududida mamlakat aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi qarori bilan bloklangandi.