Stenfordda eronlik matematik olima Maryam Mirzaxoniy 41 yoşida vafot etdi. Bu haqda Tehran Times xabar bermoqda.

Mirzaxoniy 2013 yilda aniqlangan kökrak saratoni asoratlari tufayli hayotdan köz yumgan. Sönggi bir oyni u şifoxonada ötkazdi.

Maryam Mirzaxoniy – eronlik va amerikalik matematik olima bölib, Lobaçevskiy geometriyasi, Teyxmyuller nazariyasi, ergodik nazariya, simplektik geometriyaga ixtisoslaşgan edi.

U 2014 yilda Filds mukofotini qölga kiritib, ilk ayol-laureat va eronlik birinçi laureatga aylandi.