VAZ kompaniyasining yangi LADA Vesta SW Cross modeli şu yilning kuzida, oktabr-noyabr oylarida sotuvga çiqadi. Bu haqda "AvtoVAZ" avtokonserni prezidenti Nikolya Mor Oçiq eşiklar kuni munosabati bilan model taqdimotida ma'lum qildi. 

"LADA Vesta SW Cross avtomobili yilning sönggi çoragida, taxminan oktabr-noyabr oylarida sotuvga çiqariladi, ammo hozirça muddat aniqlangani yöq", - degan Mor. "AvtoVAZ" rahbari, şuningdek, yangi model narxiga ham oydinlik kiritmagan. "Narxini kuzda bilib olasiz", - deya ta'kidlagan Nikolya Mor. 

Avval xabar berilganidek, LADA Vesta SW Cross krossoverga öxşaş ekspressiv dizaynga ega. 

LADA Vesta Renault-Nissan alyansi mutaxassislari iştirokida "AvtoVAZ" muhandislari tomonidan işlab çiqilgan LADA B/S platformasida barpo etilgan.