Yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, gumanist. Mark Tven ijodi ko‘plab adabiy janrlarni o‘zida mujassam etadi. Tom Soyyerning «otasi» hanuzgacha eng o‘tkir aqlli yozuvchilardan biridir.

Uning hayotidagi qiziq jihatlardan biri shuki, u bo‘sh vaqtida turli gazetalarga o‘z o‘limi xususida raddiya yozishni yoqtirgan: «Mening o‘limim haqidagi mish-mishlar juda bo‘rttirilgan». Alaloqibat, u barcha gazetalar muharrirlarining shunchalik g‘azabiga tekkanki, ularning barchasi bu xabarga «Afsuski» deya baho beradigan bo‘lishgan.

Quyida ushbu so‘z ustasining yorqin, dono va kinoyali fikrlari bilan tanishishingiz mumkin:

Yoz — yilning shunday mavsumiki, qishda bajarish juda sovuq bo‘lgan ishlar uchun juda issiq vaqtdir. 

Yaxshi o‘rnakchalik kishini bezovta qiladigan narsa yo‘q.

Yaxshi kitoblarni o‘qimaydiganlar kitob o‘qishni bilmaydiganlar oldida ustunlikka ega emas.

Matbuotdagi barcha narsa, ta'ziyanomadan tashqari, reklamadir. 

Kechirish — bu binafshaning o‘zini payhon qilganga hid taratishidir.

Haqiqat uydirmadan ham ishonchsizroq, chunki uydirma haqiqatga yaqin bo‘lishi shart, haqiqat esa yo‘q. 

Yolg‘onning 3 turi bor: yolg‘on, qasddan yolg‘on va statistika.

Shovqin hech narsani isbotlamaydi. Tuxum qo‘ygan tovuq shunchalik shovqin soladiki, go‘yoki, mitti sayyorani tuqqandek. 

Yaxshi bo‘lish — insonni juda charchatadi!

Senga hech kim qaramayotgandek raqsga tush. Seni hech kim tinglamayotgandek kuyla. Senga hech qachon vafosizlik qilinmaganidek sev va Yer go‘yoki jannatdek yasha. 

Dunyo sizga nimadir qilib berishi kerak, degan fikrga aldanmang. U sizgacha ham bo‘lgan, sizdan qarzdor emas. 

Klassika shunday narsaki, uni barcha o‘qish shart deb hisoblaydi, ammo o‘qimaydi

Eng yomon yolg‘izlik — bu insonning o‘zini yolg‘iz qolganida noqulay his qilishidir. 

Insonni yaratish — shonli va original g‘oya edi.