Sönggi yillarda özbek futbolida «Eşitdik-da!» rukni ostida tarqaladigan ma'lumotlar köpayib bormoqda. Asosan hajviy jurnallarga mos keladigan bunday xabarlarning aksariyati notöğri bölib çiqsa-da, ayrim hollarda haqiqatga mos keladiganlari ham topiladi. Öntadan bittasi. Balki yigirmadan biridir?! Mayli, bu unçalik ahamiyatli emas. Muhimi - ötgan hafta şunga öxşaş xabarlardan biri öz tasdiğini topdi: «Bunyodkor» hujumçisi Eldor Şomurodov faoliyatini, darhaqiqat, Rossiya çempionatida davom ettirişga yaqin turibdi. Unga «Krasnodar» va «Rostov» xaridor bölgan. U yoğini sörasangiz, bu ma'lumot manbasi ham rus saytlaridan - Soccer.ru. Kim biladi, deysiz, balki şuning uçun rost çiqqandir?!

Soccer.ru xabarni çiqargaç, rossiyalik hamkasblarimiz hali özlari öqib ulgurmay, mamlakatimizdagi saytlarda ham birin-ketin uşbu ma'lumot tarqaldi. «Krasnodar»dagi manbaga asoslanib berilgan ma'lumotda Eldor Şomurodov ança maqtalgan. Uni hatto özbek futbolining asosiy umidi sifatida körsatişgan. Aftidan, öşa «Krasnodar»da işlaydigan xodim özbekistonlik futbolçilarning barçasini tanimaydigan körinadi. Aks holda, Şomurodovdan kam bölmagan boşqa iqtidorlarni ham tanigan bölarmidi?!

Şomurodovning Rossiya çempionatiga ketişi esa bir narsani köproq isbotlab bersa kerak. Bu transfer zamonaviy futbolda yoş iqtidorning oçilişida nafaqat bevosita sport, balki agentlik xizmatining ham örni katta ekanini yana bir karra körsatib beradi. Yöqsa, yurtimizda Şomurodov singari iqtidorga ega futbolçilar kam deysizmi? Yetarli! Birgina «Bunyodkor»da bunday öyinçilar yana köplab topiladi - Doston Hamdamov, Otabek Şukurov, Akrom Komilov. Ammo qobiliyat bölgani bilan, uni oçib beradiganlar topilmasa, hammasi behuda ketişini avval ham köp körganmiz.

Endi bu yoği Eldorning öziga boğliq. Xorij çempionatiga bording, degani, şu bilan barçasi zör bölib ketişini anglatmasligini uning özi ham tuşunib turibdi, deb umid qilamiz. Şu vaqtga qadar juda köp futbolçimiz xorijda baxtini sinab körgan, ammo ularning hammasi ham öz örnini topib ketmagan. Ayniqsa, Rossiya çempionatida. Bu örinda gap nafaqat u yerda raqobat katta ekani, balki rus futbolçilarining öziga xos tabiatida ham bölsa kerak. Keling, şu örinda Ja'far Irismetovning faoliyatini misol qilib keltirsak.

Irismetov öz vaqtida Moskvaning «Spartak» klubi nazariga tuşgan edi. U dastlab Rossiya çempionatidagi faoliyatini yomon boşlamadi, har holda özining çaqqonligi va gol seziş qobiliyati bilan köpçilikning nazariga tuşdi. Ammo baribir, «Spartak»da bir yil ham öynay olmadi. Nima uçun? Bu yoğini endi uning özidan eşitgan ma'qul.

- «Spartak»da qança öynagan bölsam ham nima uçun meni çaqirişganini tuşunmaganman, - deydi Ja'far Irismetov. - Jamoadagi içki muhit havas qilarli darajada emasdi. Futbolçilar turli guruhlarga bölinib olişgan, avvaldan öynab kelayotgan tajribali öyinçilar yangi kelganlarni nazarga ilişmasdi. Özaro yordam haqida-ku umuman gap bölişi ham mumkinmas.