2017 yil 12 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev siyosiy partiyalar va parlament vakillari bilan uçraşuv ötkazib, unda ma'ruza qilgan edi. Şu munosabat bilan respublikadagi siyosiy partiyalar vakillari davlat rahbari ma'ruzasiga öz munosabatlarini bildirişmoqda. Xususan, O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi örinbosari Elbek Şukurov ham bu boradagi fikrlarini Kun.uz bilan örtoqlaşdi.

Kuni keça mamlakatimiz rahbarining siyosiy partiyalar va parlament vakillari bilan uçraşuvida faoliyatimizga doir çuqur tahlillarga asoslangan tanqidiy fikrlar bildirildi.
Prezidentimiz bildirgan fikrlardan bir narsaga amin böldikki, hozirgi zamon şiddati, oldimizda turgan vazifalar kölami eskiça, bir qolipda işlab bölmasligini yaqqol körsatmoqda.
Oldimizda turgan vazifalar barça siyosiy partiyalardan, ayniqsa, yetakçi siyosiy kuç bölgan Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nihoyatda faollikni, jonkuyarlikni, işga yangiça yondaşuvni talab qiladi.
Ma'ruzada ta'kidlanganidek, tadbirkorlik va fermerlikni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarda partiyamizning örni yetarli darajada körinmayapti.
Vaholanki, xalqimiz, ayniqsa, elektoratimiz vakillari bizdan hayotimizni yanada farovon qiliş borasida yangi ğoyalar va taşabbuslarni kutmoqda.
Biz, uçraşuvdan keyin faollarimiz bilan yiğilib, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan kelib çiqadigan vazifalarni aniq belgilab oldik.
Buning uçun, eng avvalo, aholi orasida olib borayotgan iş uslublarimizni mutlaqo özgartirişimiz lozim böladi.
Samarasiz tadbirlar ötkazişdan voz keçib, butun imkoniyatlarimizni tadbirkor va fermerlarni öylantirayotgan muammolarni hal qilişga, saylovçilar işonçini oqlaşga yönaltiramiz.
Ikkinçidan, Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan vazifalarni amalga oşirişda zimmamizda turgan mas'uliyat boşqalarga qaraganda bir neça marta yuqori ekanini inobatga olib, dasturiy hujjatlarimizni tubdan qayta körib çiqamiz.
Uçinçidan, partiya tizimiga salohiyatli kadrlarni jalb qiliş borasidagi tanqidiy fikrlardan xulosa çiqarib, partiya tizimiga yoş va salohiyatli kadrlarni jalb qiliş böyiça aniq rejalar asosida iş olib boramiz.











