Birlaşgan Arab Amirliklarining AQŞdagi elçisi Yusuf al-Utaybaning ma'lum qilişiça, BAA Qatar davlat yangiliklar agentliklariga kiberhujumni taşkillaştirgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi.
«The Washington Post’ning xabari yolğon. BAA uşbu maqolada körsatilgan kiberhujumda heç qanday örin tutmagan», - deya diplomatning bayonotidan iqtibos keltiradi BAAning AQŞdagi elçixonasi Twitter’dagi sahifada.
Avvalroq The Washington Post gazetasi Amerika razvedka hamjamiyatidagi manbalarga asosan, BAA Qatar OAVga kiberhujumni taşkillaştirgani haqida xabar bergandi.











