"Mersedes"ning britaniyalik piloti Lyuis Hemilton "Formula-1" jahon çempionatining 10-bosqiçi — Buyuk Britaniya gran prisi ğolibiga aylandi.
Yakşanba kuni bölib ötgan poygada britaniyalik poygaçining jamoa böyiça şerigi finlandiyalik Valtteri Bottas (+14,063 soniya) marraga ikkinçi bölib yetib keldi. Uçlikni "Ferrari" jamoasi tarkibida qatnaşayotgan finlandiyalik yana bir pilot Kimi Raykkonen (+36,570) yakunlab berdi.
Boskiçning dastlabki önligiga qöyidagi sportçilar kirişdi:
4. Maks Ferstappen (Niderlandiya, "Red Bull", +52,125 soniya);
5. Deniyel Rikkiardo (Avstraliya, "Red Bull", + 1 daqiqa 5,955 soniya);
6. Niko Hyulkenberg (Germaniya, "Reno", +1.8,109)
7. Sebastyan Fettel (Germaniya, "Ferrari", +1.33,989)
8. Esteban Okon ("Fors Indiya", +1 doira);
9. Serxio Peres (Meksika, "Fors Indiya", +1 doira);
10. Felipe Massa (Braziliya, "Uilyams", +1 doira).
"Formula-1"ning keyingi bosqiçi 28–30 iyul kunlari Vengriyada bölib ötadi.












