Rojyer Federer (3), «Uimbldon» turniri finalida Marin Çiliçga (7) qarşi kortga çiqib, 1 soatu 41 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 6:1, 6:4 hisoblarida ğalaba qozondi. Bu şveysariyalik uşbu tennisçining «Uimbldon»dagi sakkizinçi ğalabasi, «Katta dubulğa» turkumida 19-sovrini (rekord) böldi.
Keyingi oyda 36 yoşga töladigan Federer «Uimbldon»da keyingi 5 yil içida ilk marta ğolib bölmoqda, u sakkiz yildan buyon ilk marta «Katta dubulğa» turkumida bir mavsumda bir martadan ortiq ğolib çiqmoqda (u yil boşida Australian Open ğolibiga aylangandi).
Federer Angliyadagi kortlarda çempion böliş böyiça Pit Samprasdan ötib ketdi (7 marta), endi u bu borada faqat Martina Navratilovadan ortda qolmoqda (9).
Federer bungaça 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009 va 2012 yillarda Uimbldonda ğolib bölgandi.
London (Buyuk Britaniya)
Wimbledon
Mukofot jamğarmasi 31 600 000 funtov
Oçiq kortlar, maysali
Erkaklar
Yakkalik bahs
Final
Federer (Şveytsariya, 3) – Çiliç (Xorvatiya, 7) – 6:3, 6:1, 6:4












