Amerikalik olimlar oşqozonosti bezi saratonini boşlanğiç davrda aniqlaş imkonini beruvçi biomarkerni topişdi. Tadqiqot Science Translational Medicine jurnalida e'lon qilingan.

Kerakli biomarkerlar mualliflardan biri tomonidan 2013 yilda işlab çiqilgan model yordamida topilgan. Olimlar avvaliga bemor hujayralari asosida hujayralar çiziğini yaratişdi. Şundan söng rivojlanişning keç davridagi saraton hujayralari tanaçalarda qayta dasturlandi, bu saratonning rivojlaniş jarayonini qaytadan işga tuşiriş va qanday biomarkerlar xastalikning qaysi bosqiçiga tegişli ekanini aniqlaşda kömak berdi.

Tadqiqotçilar 746 ta namunani örganib, biomarkerlardagi erta taşxis uçun eng yaxşi nomzod - Trombospondin-2 (THBS2) oqsili ekaniga işonç hosil qildilar. Tadqiqot mualliflarining taxminiça, qondagi oşqozonosti bezi saratonining keç bosqiçlaridagi biomarker - CA19-9 oqsili qança ekanini nazorat qiliş bilan bunday saraton turini istalgan bosqiçda aniqlaş mumkin böladi. Şuningdek, THBS2 oşqozonosti bezi saratonini saratonning boşqa turlaridan farqlaş imkonini beradi, deya hisoblaşmoqda mutaxassislar.