Jamiyat | 18:35 / 17.07.2017
7932
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Lennon o‘limidan biroz avval o‘z qotili uchun imzolagan plastinka 1,5 mln dollarga sotuvga qo‘yildi

Britaniyaning The Beatles guruhi a'zosi Jon Lennonning Double Fantasy albomi 1,5 mln dollar evaziga sotuvga qo‘yildi. Unda Lennon tomonidan Mark Chepmanga imzo qo‘yilgan bo‘lib, Chepman imzo qo‘yilganidan bir necha soat o‘tib, musiqachini otib o‘ldirgan.

Savdolar turli xotira buyumlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi Moments in Time agentligi tomonidan tashkil etildi.

«Tarixiy jihatdan katta ahamiyatga ega shunday buyumni auksionga qo‘yishdan xursandmiz. Politsiya hisobotlari, barmoq izlarining olinishi, okrug prokuroridan xat kabi katta tarixga ega buyumga hech qachon ro‘para bo‘lmaganman», - deya ma'lum qildi sayt vakili va sotuvchi Bob Zafianning agenti.

Ta'kidlanishicha, plastinka Lennonning o‘ldirilishi bo‘yicha ishda ashyoviy dalillardan biriga aylangan, sababi unda qotilning barmoq izlari bo‘lgan.

1980 yilning 8 dekabr kuni Mark Chepman Yoko Ono bilan ovoz yozish studiyasidan qaytayotgan Jon Lennonga besh marta o‘q uzgan. Musiqachi ko‘p qon yo‘qotgani sabab hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga oid