Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Lennon maktubining qoralamasi 60 ming funt sterlingga baholandi
Dunyoga mashhur The Beatles guruhi a'zosi Jon Lennonning Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchiga yo‘llamoqchi bo‘lgan maktubi 60 ming funtga baholandi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Nusxa egasi o‘z nomini oshkor qilishni istamagan. U chegirmali savdoda 10 funt evaziga bir qancha musiqiy disklarni xarid qilgan. Ular orasidagi plastinkaning konvertida maktub qoralamasi bo‘lgan.

Lennon o‘z maktubida Britaniya imperiyasi ordenini rad etishi sabablarini bildirishga uringan. Jon Lennon mukofotni rasmiy Londonning biafro-nigeriya mojarosiga aralashuvi hamda AQShning Vetnamdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashiga norozilik sifatida qaytarib bermoqchi bo‘lgan.
Maktub qoralamasini Liverpulda bo‘lib o‘tgan The Beatles Story ko‘rgazmasida baholashgan.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026