Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasining Tolyatti avtogigantini rivojlantirişga bağişlangan yopiq majlisi kutilmagan natija bilan tugadi. Ma'lum bölişiça, «AvtoVAZ» rahbariyati 2017–2018 yillarda zavod işçilari sonini 8 mingdan köproqqa qisqartirişni rejalaştirmoqda. Ayni vaqtda, korxona xodimlari soni 37 mingdan ortiq kişini taşkil etadi. Şunga köra, gap 20 foizlik qisqartiriş haqida bormoqda, deyiş mumkin. 

Kutilayotgan özgarişlar haqida prezident Putinning Volgaböyi federal okrugidagi vakili Mixail Babiç ma'lum qildi. U korxona rahbari Nikolya Mor bilan birga majlisda iştirok etgan. 

Dasturga köra, bu yil «AvtoVAZ»dagi işçilar soni 6 mingga qisqaradi, kelasi yilda ular safiga yana 2,2 ming kişi qöşiladi, deya Babiç sözlarini keltiradi RIA Novosti.

Kompaniya matbuot xizmatida «Gazeta.Ru»ga ma'lum qilişlariça, «gap faqat taxminlar haqida bormoqda va heç qanday majburlaş bölmaydi». Keyinroq, fevral oyida e'lon qilingan qisqartişlarni, 740 kişining işdan böşatilişini tasdiqlay olişlarini bildirişgan.