Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvçi Uilyam Riçes Britaniyaning Yevropa ittifoqidan çiqişiga qarşi bölganini bildiriş maqsadida, Glosterşirdagi öz uyini mustaqil respublika, deb e'lon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Universitetning sobiq öqituvçisi Din örmoni yonida yaşaydi, bu yerdagi aholining aksariyati esa mamlakatning YeIdan çiqişiga ovoz berdi. Fan doktori öz uyini Middlvotç Mustaqil Respublikasi sifatida e'lon qildi hamda rafiqasi Juditni prezident etib tayinladi.
— Demokratiyaga qarşi borişni istamaymiz, biroq, bizning fikrimizni eşitişni ham istaşmadi, şu sababdan faqatgina bitta variant bor – mustaqillik. Mamlakat Yevroittifoqni tark etmoqda, biz esa buni qilmaymiz, — dedi Riçes.
Şuningdek, erkakning xabar qilişiça, oşxonasi rasmiy boşqaruv joyi hisoblanadi. U öz uy-davlati çegarasini kesib ötmoqçi bölgan barçaga 50 funt evaziga viza berişini ham aytib ötgan.












