Ispaniya politsiyasi Yevropa böylab ot göştini sotiş bilan şuğullanib kelgan jinoiy tödaga qarşi maxsus amaliyot doirasida 65 kişini qölga olib, ularga nisbatan ayblov e'lon qildi. Gumondorlar iste'molga yaroqsiz, eski göştlarni sotiş, ularni me'yorlardan çetlangan holda qadoqlaşgan. Yevropol tomonidan e'lon qilingan bayonotda şu haqda söz boradi.

Ispaniya politsiyasi Yevropol bilan hamkorlikda qölga olinganlarni jonivorlarni tahqirlaş, hujjatlarni soxtalaştiriş, jamoat soğliğiga qarşi jinoyatlarni sodir etiş, pullarni noqonuniy yöllar bilan ötkaziş va jinoiy guruh a'zosi böliş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblamoqda. 

Mazkur suriştiruv 2013 yili Yevropada avj olgan ot göşti mojarosi bilan bevosita boğliq ekani ta'kidlanmoqda. Öşanda, Irlandiya oziq-ovqat xavfsizligi davlat idorasi özi örgangan 27 ta hamburgerning 10 tasi tarkibidan ot göşti DNKlarini topgan edi. 

Masalan, Buyuk Britaniyaning eng yirik çakana savdo tarmoği Tesco supermarketida sotilayotgan burgerlarning 29 foizida ot göşti aniqlangandi. 

Qit'aning 16 mamlakatidagi iste'molçilarga mahsulot yetkazib beruvçi Fransiya kompaniyasi – Comigel ham mojaro markazida qolgandi. Uning mahsulotlarida mol göşti deb qadoqlangan, muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlarning 60 foiz tarkibi ot göştidan iboratligi foş etilgandi. 

Mojarodan söng olib borilgan tekşiruvlar "ot göştini ta'minlaş sohasida maşhur bölgan niderlandiyalikni aniqlaşga imkon bergan", deyiladi Yevropol xabarida. 

Keyinçalik, gumondorning jinoiy töda rahbari ekani aniqlangan. 2016 yilda ma'lum bölişiça, otlar Ispaniya şimolidagi maxsus kuşxonalarda söyilib, kerakli hujjatlar soxtalaştirilgaç, Belgiyaga yuborilgan. Ispaniyadagi kuşxonalardan olingan göştlar tahlil qilingaç, ot göştlari asosan xorijga yuborilgani aniqlangan. 

Jinoiy guruh yetakçisi Belgiyada qölga olingan. Bundan taşqari, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Ruminiya, Şveytsariya va Buyuk Britaniyada politsiya amaliyotlari ötkazilgan edi.