Eng oğir vazn toifalaridagi boksçilar Entoni Joşua va Vladimir Kliçko noyabr oyida yana jang ötkazadi. Şunday qilib, uşbu ikki boksçi örtasidagi revanş bahsi kuz mavsumida bölib ötadi.
«Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy Twitter sahifasida şu haqda bayonot berdi. Uning ma'lumotlariga köra, tomonlar allaqaçon takroriy jang xususida kelişib bölişgan.
Bir vaqtning özida Amerikaning Showtime telekanali vitse prezidenti Stiven Espinoza ham şu haqda ma'lum qildi.
«Albatta, bu ajoyib jang böladi, — deya uning sözlarini keltiradi Sky Sports. – Las-Vegasda sönggi 20 yilda ötkazilayotgan superoğir vazndagi eng katta jang».
Espinozaning qayd etişiça, takroriy jangni ötkaziş muddati va joyi töğrisidagi qarori juda tez qabul qilingan.
Joşua bilan takroriy jang 41 yoşli Kliçko uçun professional faoliyatidagi 70-jangi böladi. Şu yilning aprel oyida ular Londonning «Uembli» stadionida jang ötkazişgan edi. Britaniyalik 11-raundda texnik nokaut bilan raqibini mağlub etgan edi. Şunday qilib, Joşua özining IBF çempionlik kamariga WBA va IBO ğoliblik unvonlarini ham qöşdi.
Oçiq ma'lumotlarga köra, boksçilar ringda ötkazgan vaqti uçun 13 mln dollardan olişgan.












