«Napoli» darvozaboni Xose Reyna faoliyatini «Mançester Siti»da davom ettirişi mumkin.
Radio Crc tarqatgan xabarga köra, neapolitanliklar klubi uşbu futbolçiga yangi şartnoma taklif etgan, ammo u «şaharliklar» jamoasidan ham taklif mavjudligi uçun bu şartnomani rad etgan.
«Mançester Siti» Reyna uçun 3 million yevro tölamoqçi, «Napoli» esa uni 5 mln yevro evaziga qöyib yuborişi mumkin böladi.
«Mançester Siti» yozgi transferlar vaqtida «Benfika»dan Ederson Sorayesni rekord darajadagi mablağ (40 million yevro) evaziga sotib olgandi.
Xosep Gvardiola «Mançester Siti» boşqaruviga kelgaç, jamoaning asosiy darvozaboni Jo Hartni tarkibdan çiqargandi, u ötgan mavsumni «Torino»da ijara asosida ötkazdi, şu kunlarda esa u «Vest Hem» a'zosi bölişi kutilmoqda.
Gvardiola Hart örniga «Barselona»dan Klaudio Bravoni olib kelgandi, ammo u işonçni oqlamadi. Reyna jamoada aynan Bravo örniga ikkinçi darvozabon bölişi kutilmoqda.

Jamoaning yana bir darvozaboni, ötgan mavsum davomida asosiy darvozabonga aylangan Vilfred Kabalero esa şartnomasi yakunlangani tufayli jamoani tark etdi va «Çelsi» safiga borib qöşildi.












