Rossiya içki işlar vazirligining Moskva metropolitenidagi xodimlari yölovçilardan biridan 200 ming rublni ömargan farroşni qölga olişdi. Bu haqda «Moskva» agentligi huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Jabrlanuvçining politsiyaga aytişiça, metroning «VDNX» bekatida noma'lum şaxs uning sumkasini öğirlab ketgan. Sumkada esa 3 ming dollar, 25 ming rubl, pasport va çiptalar bölgan.

Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari biroz ötib Özbekistonning 34 yoşli fuqarosini qölga olişgan. U metroning şu bekatida farroşlik bilan şuğullangan.

Erkakka nisbatan jinoiy iş qözğatildi, u tomonidan öğirlagan barça narsalar olib qöyildi.