Bu maqolani yuqoridagi rukn ostida yozişni istamagandim. Lekin na çora? 1991 yil Özbekiston bilan Qirğiziston örtasiga çegara simlarini tortdi. Biz uçun aziz hamda qadrdon bölgan Şohimardon va şohimardonliklar Qirğiziston va qirğizlar qurşovida qolib ketdi. Vodildan Şohimardongaça bölgan 25 çaqirim yöl esa haqiqiy sinovga aylandi.
Şunday qilib, 14 iyul, 2017 yil. Biz ÖzA muxbirlari Maqsud Sulaymonov va Muqimjon Qodirovlar bilan Şohimardonga safarga otlandik. Barça rasmiyatçiliklarni ado etib soat 12:15 da Özbekistonning Vodil (rasman Farğona) çegara maskaniga keldik. Turnaqator yuk maşinalar bir yölakda, yengil maşinalar ikkinçi yölakda navbat kutib turar edilar.
- Çegarada soatlab kutamiz, bojxonaçilar maşinadan yuklarni tuşirtirib tekşiruv ötkazgaç, söng yana qayta yuklaymiz. Axir hozir texnologiyalar rivojlangan, uni texnik asboblar yordamida tekşirsa bölmaydimi?
Men ismingiz nima, qaysi yuk maşinasi sizniki, deb söraganimda suhbatdoşim zarda bilan bir xömraydiyu, ters burilib ketdi. Hozirgina sizni taniymiz muxbir aka, deb suhbatga qöşilgan boşqa haydovçilar ham «gurr» etganiça öz maşinalari tomon ketib qoldilar.
- Bulardan xafa bölmang, - dedi yoşi uluğroq bir haydovçi. – Ba'zida kun böyi tekşiruvni kutamiz. Qolib ketgan kunlarimiz ham bölgan. Agar sizga arz qilayotganimizni bilib qolişsa, maşinalarini biron bahona bilan qaytarib yuborişmasin, deb öylaşadi.
- Yöq – yöq. Na çegaraçi, na bojxonaçi heç narsa söramaydi. Lekin juda ortiqça «zakonçi», ular. Qirğizlar esa maşinangizga qiyo ham boqib qöymaydi. Faqat pul olsa böldi.
- Yukka qarab. Oziq – ovqat bölsa hatto 3-4 million sömgaça. Quriliş materiallariga arzonroq, 2-3 million söm. Lekin şunisi yaxşiki, bir zum ham uşlab turişmaydi. Oladiyu ötkazadi.
Şu payt navbatda turgan odamlar bizni çaqirib qolişdi.
- Çegaradan ötasizlarmi özi?!
Dastlab bojxona tekşiruvidan ötdik. Deklaratsiya töldirib qayerdan, qayerga nima olib ketayotganimiz haqida yozib imzoladik. Muqimjonning fotoapparati körikdan ötkazildi. Bizda esa qoğoz-qalamdan boşqa gap yöq edi.
Endi yana navbatga turdik. Bu galgisi çegara – pasport nazorati. Yöq, odam köp emasdi, çamasi yarim soatlarda hujjatlarimizni közdan keçirib pasportimizga muhr bosildi.
Mavzuga oid
200 metrça neytral hududdan ötgaç, qirğiz soldati bizga yöl çetidagi budkaga boriş kerakligini aytdi. Men darçadan pasportimni uzatdim. Qirğiz ofitseri uni obdon titkiladi–yu, stolining çetiga taşlab qöydi. U ham menga termilgança ötiraverdi, men ham turaverdim. Oxir-oqibat uning sabri çidamadi.
- Stavka qani,- ğöldiradi u.
Şohimardonga yölga çiqayotganimizda asli şu qişloqlik, lekin Farğonada tadbirkor bölib işlaydigan bir tanişim bilan uçraşgandim. U Qirğizistonga kirişdagi Qadamjoy çegaraçisiga ön ming, Qirğizistondan çiqayotib Aq qiya postidagi çegaraçisiga ön beş ming söm berasiz, degani yodimga tuşdi. Men kalovlanib çöntagimdan ön ming söm ajratib çegaraçiga uzatdim. U bamaylixotir sanab kördi va menga baqrayib:
- Yana beş ming taşla, bunisi ştraf senga, - dedi.
Noiloj yana beş ming berdim. Bu holatni kuzatib turgan hamrohlarim darhol pasport içiga ön ming qistirişdi. Darçadan pasport uzatdilaru, «şaraq» etgan tovuş eşitilib, muhr bosildi.
Kimsan, qayerga ketayapsan, yoningda nimang bor, deb söramadilar. Deklaratsiya ham töldirmadik.
Endi nima qilişimizni bilmay turgandik, çegaraçi kiyimidagi bir harbiy kelib, çiq-çiq deb bizga yöl körsatdi.
Panjara eşikdan ötdik. Bu yoği Qirğiziston edi. Tez orada biz Şohimardongaça kira qilgan “Neksiya” haydovçisi ham çiqdi.
- Ha muxbir akalar, sizlar ham berdilaringmi, - dedi u bizning ahvolimizdan kulib. - ....(u bir nima deb sökindi) qirğizlar olmasa ötkazmaydi. Aslida heç qanday qonuniy asos yöq. Biz «çönğ»lariga şikoyat qilib ham uddalay olmadik.
Tili bir ekan, ularning.
Haydovçi şohimardonlik bölib, bir kunda bir marta Farğona yoki Vodilga kira qilib ketişini aytdi.
- Bizni (u öziga öxşagan kirakaşlarni nazarda tutar edi) juda yaxşi taniydi ular, lekin biron gal pul olmasdan ötkazmaydi.
Qadamjoy tumani markaziy köçasidan ketayapmiz.
Daryo şovullab toşdan – toşga urilib, yoqimli şabada taratib, oqib turar edi. Toğ yonbağridagi arçazordan ham tus olgani öşa sovet zamonidan qolgan nursiz, pastqam binolar. Şahar markazida boşida quşlar davra qurgan, Lenin haykali hamon turibdi.
Maşinamiz şahardan çiqqaç, Hur qizlar dovonidan ötib, ayro yöldan çap tomonga burildi. Öngga ketadigani Söxga bohböy bir is taraldi. Oldinda çöqqisini qor bosgan toğlar qat-qat. Salqin havodan töyib – töyib nafas ola boşladik. Çegaradagi asabbuzarlik tarqab ketgandek edi. Şu tariqa biz Şohimardonga yaqinlaşib qoldik. “Aq qiya” Qirğiziston çegara posti körindi. Yöl çetida davlat raqami 08 KG 406 AAB bölgan Mersades-220 rusumli maşina turar edi. Undan ötib ketayotgan edik, pi-pilatib signal çaldi.
- Maraz, - dedi haydovçimiz darğazab bölib va maşinani töxtatib, yonidan 20 ming söm sanab oldida, Mersades tomon ketdi. Maşinaning qoraytirilgan oynasi tuşirilib, bir qöl çiqdi. Haydovçi unga pul tutdi. Kuzatib turibmiz. Pulni olgaç, yana oyna kötarildi.
- Ön beşdan tayyorlanglar, bunisi (u yana bir bor sökindi) ön beşdan olmasa şlagbaumni oçmaydi.
Men itoatkorlik bilan içiga aytilgan pulni solib, uçta pasportni bir qilib, budka darçasidan uzatdim.
- Sen boraver, şofyor kelsin, - dedi döq aralaş qirğiz çegaraçisi. Keyin, stavka töliqmi, deb baqirib qoldi. Men «ha» degandek boş silkadim.
Pasportimizga «14.07.177 AK-KYYa» deb yozilgan navbatdagi muhr bosildi. Sal narida Özbekiston çegarasi edi. Yuragim hapqirib ketdi. Hilpirab turgan bayroğimizga sajda qilgim keldi. Özbek çegaraçilarining istarasi ham issiqdek tuyildi menga.
- Eson-omon ötib oldilaringmi, - söradi çegaraçi yigit pasportimni qaytarib berar ekan kulimsirab.- Yaxşi dam olinglar!
1. Tarixçilar qayd etişiça topilgan, örganilgan manbalarda Şohimardon qişloğining nomi 6-7 - asrlarga qiyoslanadi. Bu hududlarda islom dini tarqalgaç, toğlar qurşovidagi ikki daryo qöşilgan tepalikda ziyoratgoh paydo bölgan. Rivoyat qilişlariça, payğambar (s.a.v)ning kuyovlari Hazrati Ali qabrlari ularning vasiyatiga köra «toğlar qurşovidagi ikki daryo qöşilgan tepalik»da bunyod etilgan. Şohimardondagi maqbarani Hazrati Alining dunyodagi yetti qabridan biri, deb ataydilar va bu yerga ziyoratçilar har qanday şaroitda ham kelib turişga harakat qiladilar.
- Hazrati Ali maqbarasi XIX asrning oxirida zilzila tufayli vayron bölgan. Qayta tiklangaç esa, XX asrning birinçi yarmida endi şörolar tomonidan buzib taşlangan. Lekin öşanda ham musulmonlar qabr qubbasini qum–tuproq bilan kömib yaşirib qolganlar, - deydi ziyoratgoh mutasaddisi Jamolxon Saidov. – Faqat mustaqillik tufayligina maqbara tarixiy suratlar asosida yana yangitdan qurildi.
Bugun Hazrati Ali maqbarasi Şohimardonning hamma yeridan körinib turadi. U anvoyi gullar, obod va körkam şiyponlar qurşovida. Ziyoratçilar bu yerga kelib Qur'on tilovat qilib, ibodat qilişlariga barça şaroit yaratilgan.
2. Şu yerda Farğona viloyat ölkaşunoslik muzeyining Şohimardon bölimi işlab turibdi. U Hamza Hakimzoda Niyoziyning 100 yillik yubileyi kunlari oçilgan edi.
- Muzeyimizda sakkiz nafar odam işlaydi. Ta'mirtalab holatdamiz. Eksponatlar ham u oçilganidan buyon yangilanmagan, - deydi ilmiy xodima Gulnoza Najmiddinova.
Tan olib aytiş kerak. Davlat muzey va uning xodimlarini öz ta'minotiga olgan. Lekin bu yerda heç kimni uçratmaysiz.
- Yöl (Özbekiston-Qirğiziston yöli nazarda tutiladi) oçiq emasligi tufayli Şohimardonda faqat sanatoriyada dam oluvçilaru, sizlarga öxşab xizmat safariga kelganlar böladi. Ular ham muzeyga oşiqavermaydilar, - deydi muzey direktori Ma'rufjon Tursunboyev.
3. Şu tepalikda atrofidagi marmar qoplamalari köçgan, qarovsiz qolgan Hamzaning qabri ham «ma'yusgina» turibdi.
- Bu yerga ham men qarayman, - deydi Jamolxon aka. – Hozirgi yoşlar Hamza kimligini bilişmaydi.
Bu naqadar aççiq haqiqat. Darvoqe Hamza kim özi? Şörolar davrida ta'riflanganidek, «inqilobçi»mi yoki millat va ma'rifatparvar, johillar qölida qurbon bölgan özbek ziyolisimi? Esimda, 2000 yilda Hamza hayoti va ijodi böyiça fan doktorligi dessertatsiyasini yoqlagan va professor bölgan Laziz Qayumovga şu savolni berganimda «Hamza haqida aytar sözimni aytganman», deya javobdan qoçgan edi. Afsus, olimu ulamolar, tarixçi–yu siyosatçilar haligaça bu zot haqida muxtasar bir söz aytmadilar. Uning haykallari buzildi, teatr, köça, metro, tumanlar boşqatdan nomlandi. Nima uçun? Bu savol hamon oçiq qolmoqda. Hamza umrining sönggi yillarida (1926-1929) Şohimardonda yangi tizimdagi maktab oçgan, san'at va ma'rifatni tarğib qilgan. Muzeyda bu dalillarni isbotlovçi fotohujjatlar, boşqa eksponatlar turibdi. U 1929 yilda Hazrat Ali maqbarasi poyida toşböron qilib öldirilgan...
Uning yakka qabr toşiga öyib yozilgan uşbu misralari esa bugun na qalblarda, na tillarda.
...Tuzamiz yangi turmuşni zamon içra,
Abadiy söngra yaşaymiz jahon içra.
4. Qişloqdagi 6 ming aholi ikkita öz-özini boşqariş idorasi – mahalla fuqarolar yiğinlarida yaşaydi. Biri "Şohimardon", ikkinçisi "Yordon" MFY deb ataladi.
- Davlatimiz, viloyatimiz rahbarlari bizdan doimo xabar olib, ğamxörlik körsatib turadilar, - deydi "Şohimardon" QFY raisi Rustamjon Tojiboyev. - Şuhrat Ğaniyev (viloyat xokimi) har ikki-uç kunda menga telefon qilib, hol-ahvol söraydilar. Ba'zida, kutilmaganda özi maşina haydab kelib qoladi. Orqada yuk maşinasi töla un, yoğ, boşqa oziq – ovqat mahsulotlari. Buni tarqatib bering, deydi u. Mana bu yoqqa kiring. Bu omborxona. Zaxiramiz. Tösatdan yuz bergan sovuq marosimlarda musibatgöylarga beramiz.
Qişloğimizda ikkita maktab, ikkita kasalxona bor. Biri yangi qurildi. Bozorimiz işlab turibdi. Elektr kirmagan xonadon topilmaydi.
Özimizdan çiqqan tadbirkorlar mana, qator magazinlarni oçib işlaşyapti. Nafaqalar vaqtida beriladi. FHDYo (fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimi) haftaning bir kuni Şohimardonda qabul ötkazadi. Odamlarimiz davlatimiz siyosatidan mamnunlar.
- Ular nima bilan maşğul, tirikçilik manbai–çi?
Rustam aka bir oz şoşib qoldi.
- Bilasizmi, yöl muammosi bor. Şuning uçun qişloqda sanoat korxonalari yöq. Lekin kasanaçilar maxsus kiyim tikib beradi, toğning keçki örigini quritib sotişadi, Şohimardon olmasi, malinasi xaridorgir. Xar bir xonadon çorva qilgan. Hozir sanatoriyada 300 nafardan ortiq odam davolanyapti. Eçki suti asosan şu yerda sotiladi.
- Negadir yoşlar kam körinadi, köçalarda?
- Ha, uç yuzdan ziyod yoşlar Rossiya, Qozoğiston va boşqa mamlakatlarga işlagani ketişgan.
5. "Yordon" mahallasining yuqori köçasida bundan 20 yillar çamasi avval ikki qavatli öziga xos me'moriy yeçimga ega bino qurilgandi. «Yöl muammosi» tufayli Şohimardonga odamlar dam olgani kelolmay qoldilar. Tadbirkor Hamidjon Abdurahimov viloyat soliq idorasiga tegişli bu binoni ijaraga olib uni ta'mirlabdi va «Farğona vodiy sayyoh» MÇJ ning ekoturizm markaziga aylantiribdi. Daryo böyi, toğ etagi ğoyat körkam, barça qulayliklarga ega ekoturizm markazida Toşkent şahridan kelgan 30 nafar keksa va ÖFF 1-ligasi qatnaşçisi «Istiqlol» futbol jamoasi a'zolari dam olişayotgan ekan.
- Zilol suv, toğning sof havosi, betakror manzara va samimiy xizmat – bular hammasi şu markazda mujassam, - deydi mehnat fahriysi, dam oluvçi Tolibjon Karimov.
- Biz yozgi ta'til tayyorgarligini Şohimardonda ötkazişga qaror qilib adaşmagan ekanmiz, - deydi «Istiqlol» boş murabbiyi Usmon Asqaraliyev. – Bu yerda stadion, yuguriş yölaklari, jismoniy çiniqiş maşqlari uçun tabiiy relf va iqlim bor. Futbolçi malaka maşğulotlari ötkazişning eng samarali şaroiti muhayyo.
6. Qişloq toğlar qurşovida, tekis maydon yöq. Dehqonçilik suv yetib boradigan qiya adirlarda xolos. Iqlim esa salqin. Bunday şaroitda buğdoy ekib hosil olib bölmaydi. Demak un qişloqqa «katta yer» dan keltiriladi. Yordondagi yagona bölgan oziq – ovqat dökoni oldida odamlar töplanib turar edi.
- Un kelibdi. Şunga navbatda turibmiz, - deydi Abduvosit Qodirov. – Davlatimizga rahmat, un, yoğ, yetkazib berib turibdi. Lekin dökonçi ikki oyda bir marta un bilan savdo qiladi. Ba'zan tejamkorlik ham iş bermay qolyapti. Un yetişmayapti.
- Töğri, - dedi uning gapini ma'qullab Saboxon Jörayeva. – Belgilangan normadagi unni olyapmiz. Ammo nonsevar xalqqa u ozlik qilyapti. Tijorat narxida bölsa ham un keltirib sotilişini yölga qöyib bersalar edi...
7. Şohimardonning şimoliy qismi toğ tepasida Qöliqurbon bor. Undan va uning etagidagi Beşpanja buloqlaridan bir daryo suv qişloq tomon şiddat bilan oqib keladi. Esimda bundan 15-16 yil avval köl etagidan qişloqqaça diametri 1 metrli pölat quvurlar tortib yöl ostiga kömilgan edi. Keyin suvi salkam 20 metr tepadan Köksuv daryosiga quyiladigan quvurlar ham yotqizilgan. Bu yerda, daryo tepasida kiçik GES binosi qurilib elektr quvvati işlab çiqaradigan agregatlar örnatilişi rejalaştirilgan edi, öşanda. Ammo loyiha çalaligiça qolib ketdi.
- Biz bu muammoni Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarning biriga aytgan edik, u albatta GESni quramiz deb bizni işontirib va'da berdi, - deydi 79 yoşli Şoir ota Komilov. – Men qişloq ahlini şu nomzodga ovoz berişga da'vat etdim. U parlament deputatligiga saylandi. Ammo... va'da va'daligiça qolib ketdi. Men esa hamqişloqlarim oldida uyalib qoldim.
Agar şu kiçik GES işga tuşsa, bilasizmi, hozir qişloğimizga Angrendan kömir keltiryaptilar, u ham kerak bölmaydi. Işlab çiqarilgan elektr energiyasi xalqimizga yetib ortadi. Qolganini eksport qilsak ham böladi. Bu mutaxassislar hisobotidagi gap, muxbir uka.
Yaqinda Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğonada kiçik GESlar quringlar, dedi. Televizorda özim kördim. Şunda yana umid paydo böldi, bizlarda. Zero, Şohimardon GESi kattalarning esiga tuşib qolsa.
- 2017 yil qiş mavsumi uçun Şohimardon aholisiga 1650 tonna kömir Angrendan keltirilişi rejalaştirilgan, - qöşib qöydi mahalla raisi Rustamjon Tojiboyev.
8. Ba'zan şunday böladi. Taşabbus qançalar tez boşlansa, şunça tez sönadi... Şalang - Şohimardonliklarning «umid» toğlari. Uning çöqqisida bir neça telefon stansiyalarining tölqin uzatkiçlari turibdi. Ular qatoriga elektr transformatorini eslatuvçi metalldan yasalgan quti ham örnatilgan.
- Şohimardon qişloğida televizor faqat «Özbekiston» telekanalini qabul qiladi xolos, - deydi tadbirkor Saodatxon Mahmudova. –Farzandlarimiz «Yoşlar», «Sport», biz esa «Farğona», «Navo», «Ma'naviyat va ma'rifat» kabi boşqa kanal körsatuvlarini tomoşa qilgimiz keladi, lekin buning iloji yöq. Öşa, toğdagi qutiga allaqanday uzatkiçlar keltirilişi kerak ekan. Bu haqda kimga arz qilmaylik, ana keladi, mana keladi bilan bizni «siylab» ketaveradilar. Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatovga iltimosimizni yetkaza olasizmi?
9. 2017 yil Şohimardon va şohimardonliklar hayotida unutilmas voqealardan biri röy berdi. Qişloqdagi sobiq tibbiyot punkti mutlaqo yangitdan ta'mirlandi, kengaytirildi, maxsus asbob va anjomlar keltirib jihozlandi, jarrohlik, tuğuruqxona, bolalar kasalliklari bölimlari oçildi. Malakali mutaxassislar bilan ta'minlandi. Gul va toğning manzarali daraxtlariga burkangan kasalxonani eng sölim oromgohga qiyoslagim keladi.
Boş şifokor Dilorom Toşboltayeva «El yurt hurmati» ordeni sohibi.
- Ilgari tölğoq tutgan ayolni Qirğiziston hududi, törtta çegara postidan olib ötib tuman markazi – Vodilga olib borilardi. Yoki kiçik jarrohlik amaliyoti zarur bölgan bemor ham yana Vodilga jönatilar edi. Bu kasalxona bitib işga tuşgunça viloyatimiz rahbarining bir oyoği şu yerda böldi. Mana endi bemorlarga barça şaroitlar yaratildi. Biz oçiq yuz, çoğ kayfiyat bilan xizmat qilyapmiz.
"Yordon" mahallasida tez yordam bölimi oçildi. Zarurat tuğilsa, bemor zudlik bilan maxsus jihozlangan maşinada bu yerga, şifoxonaga olib kelib yotqiziladi.
Dilorom opaning yodiga bir narsa tuşdi şekilli, xandon kulgisini yaşira olmadi.
- Taraqqiyot mavzesida biz, tibbiyot xodimlari uçun «şifokorlar uyi» qurildi.
Şifoxona bölimlari bilan tanişamiz. Xonalar orasta, keng, yoruğ. Barça zarur mebellar bilan jihozlangan. Jarrohlik amaliyoti xonasi şahardagilardan heç qolişmaydi.
- Tez-tez qon bosimi kasalim xuruj qilib turardi. Vodilga boriş malol kelardi. Mana endi qişloğimizdagi şifoxonada davolanyapman, -deydi Rasul aka Ikromov.
10. Şohimardonning eng körkam binolaridan yana biri 1-örta maktabdir. Unda 382 nafar öquvçi bor.
- Bu yil maktabimizda öninçi sinf oçildi, - deydi direktor Isoqjon Tojiboyev. – Ilgari 9-sinf bitiruvçilari noiloj Vodil yoki Farğonadagi kollej va litseylarga ketar edi. Mana endi majburiy örta ta'limni şu yerda oladilar.
Maktabni havas bilan tomoşa qilasiz. Kompyuter sinflari, sport zallari, sahnali yopiq majlislar zali, fan laboratoriyalari, tikuvçilik ustaxonasi.... Lingafon kabinetini aytmaysizmi.
- Ingliz tiliga qiziqiş katta öquvçilarimizda, - deydi Isoqjon aka. – Şu kiçik maktabda 4 nafar ingliz tili öqituvçisi işlaydi.
Bu bino, xonalar, yölak va hovlidagi inglizçi yozuvlardan ham körinib turardi.
Sport zalida 50 çoğli bola maşğulot ötkazayotgan ekan.
- Muay Tay sport turi rivojlangan, - deydi murabbiy Javlonbek Azizov. – Yaqinda Andijonda, Farğonada bölib ötgan respublika musobaqalarida tarbiyalanuvçilarimdan Abdulaziz Şavkatov, Qahramon Ğulomov, Islom Abdufattohovlar sovrinli örinlarni egalladilar.
11. Ma'murjonova Afifa Muzaffar qizi. Bu nomni eslab qoling. Hali yillar ötib u mamlakatimiz nomini balki dunyoga maşxur qilar. Ha – ha, şu uç yoşli qizaloq haqida bu tarif.
Muhayyo Qodirova tösatdan nabirasida yodlab qoliş xotirasi kuçliligini payqab qoldi. U Afifaga qaysi ertakni aytib bersa, sahifa – sahifa matnni bolalarça tilda darhol qayta hikoya qila olardi. Buvijoni asta davlatlar nomi, mamlakatlar poytaxtlarini tilga oldi. Qizaloq barçani lol qoldirib uni ham bir marta eşitganidayoq yod olgandi. Keyin Muhabbat opa nabirasiga globusdan mamlakatlar joylaşuvini tuşuntirdi. Afifa yana mö'jiza körsatdi. 185 ta davlat va uning poytaxtini globusdan körsatar va nomini aytardi. Biz u bilan uçraşgan çoğda atayin qit'alarni çalkaştirib davlat nomlarini aytdik. U esa heç adaşmay «yer şari» dan öşa mamlakatni topar, poytaxti esa falon şahar deb uni ham jajji barmoqlari bilan körsatardi.
Yöq Afifa na yoziş, na öqişni bilmaydi. Faqat noyob xotirasi tufayli şunday bilağon. U 2014 yil 12 aprelda dunyoga kelgan. 53 yil avval, şu kuni inson ilk bor fazoga uçgandi. Bu sanada biron karomat bormikan? Nima bölganda ham şohimardonlik bu vatandoşimiz uç yoşida «dunyoni zabt etdi». Hozirça globus va xotirada bölsa ham.
Epilog.
Bir kunlik safar nihoyasiga yetdi. 2017 yil 15 iyun. Biz Şohimardondan qaytib yana Qirğizistonning “Aq Qiya” postiga keldik. Yana öşa manzara. Noiloj pasportlarga pul qistirdik. Çegaradan ötsak yöl çetida turgan keçagi Mersades çiroğini bir yoqib öçirdi. Kirakaş haydovçimiz sökina – sökina 20 ming sömni olib borib uzatdi. Haydovçi ötirgan tomon oynasi tuşirilib taniş qöl çiqdiyu, pulni çangallaganiça közdan yöqoldi.
- Şu pulni bermasdan ötib kelsangiz bölmaydimi, - söradim haydovçidan.
- Qiliç darhol Qadamjoy postiga qönğiroq qilib maşina nomerini aytadi. Yöl bitta. Ilojsiz öşa yerga boramiz. Endi 20 emas, 40 ming tölaysan, deydi. Urişib, muştlaşib ham kördim. Foydasi bölmadi. Uç – tört soat qamab turib, söng bor pulimni olib arang qöyib yubordilar.
Biz Qadamjoy tomon ketardik. Negadir bugun Qirğiziston toğlari, daryolar ham keçagidek jozibador emasdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi