Siyosatçi Boris Nemtsovning öldirilişida ayblanib, hibsga olingan va sud qaroriga köra 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Zaur Dadayevning himoyasi vakillari sud hukmidan norozi bölib şikoyat arizasini berişdi. Bu haqda advokat Mark Kaverzin xabar qildi, deya ma'lumot bergan «Moskva» yangiliklar agentligi.

«Bugun biz apellyatsiya şikoyat arizasini yubordik, bu sud yiğilişlari bayonnomalari bilan tanişib çiqqanimizdan söng röy berdi, hukmni qayta körib çiqiş borasida şikoyat yöllaymiz», - dedi u.

Uning sözlariga köra, boşqa mahkumlarning advokatlari 20 iyul kuni apellyatsiya şikoyatlarini yuboriş niyatida.

Avvalroq Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov siyosatçi Boris Nemtsovning öldirilişi işi böyiça sud hukmini “ğalati” deb hisoblaşi haqida xabar berilgandi.