Qirğiziston maktablarida bir neça ming bitiruvçilar matnida tipografik xato bölgan şahodatnomalarni olişdi. Mamlakat ta'lim vazirligi bu şahodatnomalarni boşqalariga almaştirib beriş harakatida, deb xabar qilmoqda RIA Novosti ta'lim vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

Iyun oyida bitiruvçilarga şahodatnomalar tantanali ravişda topşirilganidan söng, hujjatdagi özlaştiriş tabeliga ega qöşimça joy qirğiz tilida xato bilan yozilgani ma'lum böldi. “Şahodatnomasiz haqiqiy emas”ning örniga, u yerda “şahodatnoma haqiqiy emas” deb yozib qöyilgan.

"Örta ta'lim haqidagi şahodatnomalarni bosmadan çiqarişda texnik xato yuz berdi. Ayni damda hujjatlar almaştirib berilmoqda", - deya xabar berişgan vazirlikdan.

Vazirlik hozirga qadar 8 mingdan ortiq hujjatni almaştirib berdi, biroq tayyor blankalarning yöqligi tufayli OTMlardagi qabul kampaniyasi oxiriga qadar barça bitiruvçilarga matni töğri bölgan hujjatlarni berişga ulgura olinmaydi.