«Mançester Yunayted» hujumçisi Antoni Marsiyal keyingi mavsumda «Inter» safida öynaydi.
Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lumot berişiça, milanliklar klubi 21 yoşli fransiyalik futbolçi bilan kelişuvga erişgan. Yaqin vaqtlar içida Italiya klubi Mançester klubi bilan Marsiyalni ijaraga oliş böyiça muzokara ötkazadi.
Fransiyalik futbolçi bilan «qizil iblislar» jamoasi örtasidagi şartnoma muddati 2019 yilgaça tuzilgan.
Bundan avvalgi xabarlarda Marsiyalning Italiyaga kelişi Ivan Perişiçning «Inter»dan «Mançester Yunayted»ga yöl olişi doirasida keçişi aytilgandi.
Yakunlangan mavsumda Marsiyal APLning 25 uçraşuvida maydonga tuşib, 5 gol urib, 6 golga uzatma bergan.











