Akulalar oziqni yutiş uçun yelkalarini qisişadi. Buni Braun universiteti tadqiqotçilari rentgen yordamida aniqlaşdi. Natijalar Royal Society Proceedings B jurnalida e'lon qilingan.
Akulaning tili oğizdagi şilliq parda qatlami kabi körinişga ega bölib, öz muskullariga ega emas. Şuning uçun undan oziqni oşqozon trakti böylab ötkazişda foydalaniş mumkin emas. Tadqiqotçining rentgen rekonstruksiyasi yordamida aniqlaşiça, akulalar buning uçun yelkalarini işlatişadi. Ular yelkani orqaga surişganida, oziq oşqozonga “yutilib ketadi”. Tadqiqotçilar buni aniq qayd etiş uçun, uç oq doğli akulani baliq bölaklari bilan boqişdi.
Tadqiqotçilarning fikriça, akulalarning bu turida ança uzun halqum bölgani uçun, u öziga xos “gidrodinamik til”ning bir qismi hisoblanadi. Akula oğzini yopganidan söng, uning yelkasi 11 darajaga özgaradi. Avval u akulalarga faqat suzgiçni harakatga keltiriş uçun kerak böladi, deb hisoblangandi.












