BAA, Saudiya Arabistoni, Misr va Bahrayn diplomatlarining ma'lum qilişiça, Qatar bilan boğliq vaziyatdagi istalgan vositaçilik olti talabdan iborat röyxatga asoslangan bölişi kerak. Bu haqda Amirliklarning WAM axborot agentligi xabar qilmoqda.

Arab davlatlari TIV rahbarlari röyxatni Qohirada 5 iyul kungi uçraşuvda tasdiqlaşdi. 

Diplomatlarning Nyu-Yorkdagi qöşma matbuot anjumanida ma'lum qilişlariça, röyxat “ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraş, fitna hamda zöravonlikdan voz keçiş, 2013 va 2014 yili Fors körfazi arab davlatlarining hamkorlik Kengaşi doirasida erişilgan kelişuvlar hamda 2017 yilning mayida Ar-Riyoddagi arab-amerika sammiti yakunlarini bajarişni” öz içiga oladi.

Bundan taşqari, “içki işlarga aralaşmaslik va noqonuniy tuzilmalarni qöllab-quvvatlaşdan voz keçiş” hamda “xalqaro hamjamiyatning terrorizm va ekstremizm bilan kuraş böyiça mas'uliyati prinsipi” ham tilga olingan.

Şu bilan birga, diplomatlarning ta'kidlaşiça, Doha iyun oyida ilgari surilgan birlamçi talablarni bajariş uçun heç qanday jiddiy qadamlarni qöymadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarga nisbatan talablari röyxatini qisqartirgani va ularni aniq muddat belgilanmagani holda bajarişga çaqirganliklari xabar qilingandi. Yangi röyxatda Al Jazeera telekanalining yopilişi, amirlikdan “muammoli” kişilarni çiqarib yuboriş kabi talablar yöq.