Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 19 iyul kuni “Samarqand şahrida qattiq maişiy çiqindilarni boşqarişning modernizatsiyasi” loyihasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Samarqand şahrida qattiq maişiy çiqindilarni boşqarişning modernizatsiyasi loyihasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar tasdiqlandi. Loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi iştirokida amalga oşiriladi.

Hujjatga muvofiq, Samarqand hokimiyati huzuridagi Maroqand Obod davlat unitar korxonasi loyihani amalga oşiradi. Kredit va grantlardan maqsadli hamda samarali foydalaniş, şuningdek, loyihaga ajratilgan kreditlarni qoplaş vazifalari Maroqand Obod zimmasiga yuklandi.

Loyihani amalga oşiriş muddati 5 yil – 2017 yildan 2021 yilgaça. Loyiha doirasida yangi bioreaktor-poligon taşkil etiladi, u yerda biogazni uşlab qoliş va foydalaniş böyiça yangi tizimlar örnatiladi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilning 19 dekabr kuni Fransiya taraqqiyot agentligi bilan Samarqand şahridagi qattiq maişiy çiqindilarni boşqarişni modernizatsiya qiliş loyihasi doirasida qiymati 23,5 million AQŞ dollarilik kredit bitimi imzolandi. Uning yordamida qattiq maişiy çiqindilarni qayta tiklaş va qayta işlaş tizimini takomillaştiriş orqali Samarqand şahrida qattiq maişiy çiqindilarni boşqariş tizimini modernizatsiya qiliş imkoni yaratiladi.