«Barselona» Neymar bir qarorga kelmagunça, transfer amaliyotlarini töxtatadi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Biroz oldinroq «Barselona»ning uşbu futbolçisi «PSJ»ga ötişi 95 foizga hal bölgani haqida xabar tarqalgandi.
Qayd etilişiça, kataloniyaliklar jamoasi braziliyalik futbolçi tarkibda qoladigan bölsa, yarim himoyaçi va markaziy himoyaçi sotib olişni möljallagan.
Agar Neymar ketişga qaror qilsa, rejalarni özgartirişga töğri keladi.
Bundan avvalroq Parij klubi futbolçi bilan kelişuvga erişgani, ammo uning narxi borasida muzokaralar ötkazmoqçiligi xabar qilingandi. Futbolçining şartnomasida 222 million yevro miqdorida badal puli belgilangan.
«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu jamoa hujumçisi Neymarni, unga qiziqayotgan «PSJ» klubiga sotiş niyati yöqligini bildirdi.
U heç bir klub 222 million yevro tölay olmasligi, bunday pulni tölaş fair play qoidalariga töğri kelmasligini bildirgan.












